TEGUSIGALPA

TEGUSIGALPA — Gonduras poytaxti. Choluteka daryosi vodiysida, 1000 m balandlikda joylashgan shahar. Iqlimi tropik, issiq (yanv. ning oʻrtacha trasi 19,6°, iyulniki 22,6°), yiliga 1047 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 813,9 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari (gʻisht, marmar plitalar) ishlab chiqariladi. Unt, Gonduras akademiyasi, Geogr. va tarix akademiyasi, milliy muzey, milliy kutubxona va b. bor.

Tegusigalpaga 16-a. ning 2yarmida ispanlar asos solgan. 18-a. da shahar yaqinida kumush, marmar va oltin konlarining topilishi uni tez oʻsishyga sabab boʻldi. 1880-y. dan Gonduras poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan SanMigel sobori (18-a.), cherkov (18 — 19-a.), saroylar saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: TEGUSIGALPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты