UAYT

UAYT (White) Patrik Viktor Martindeyl (1912.28.5, London — 1990, Avstraliya) — avstraliya yozuvchisi. Kembrij un-tini tugatgan (1935). 1940—45 y. lar Britaniya aviatsiyasida xizmat qilgan. 1946-y. dan Avstraliyada yashagan. Birinchi romani — «Baxtli vodiy» (1939). Ikkinchi romani — «Tiriklar va oʻliklar» 2-jahon urushi yillari yaratilgan. Urushdan keyin «Abissiniyaga qaytish» va «Soxta dafn» pyesalarini yozgan. «Xolamning sarguzashti» romani AQSHda yaxshi baholangan. Asar oʻz ichki dunyosiga berilib aqldan ozgan Gudmen ismli ayol haqida. «Inson shajarasi» (1955) romani erkak va ayolning oilaviy tarixi haqida boʻlib, yozuvchi oddiy kishilar hayoti misolida insoniy hayotning ulugʻvorligini aks ettirgan. Uayt «Tumor» (1966), «Vivisektor» (1970), «Boʻron koʻzi» (1973) kabi romanlar muallifi. Novellalar ham yozgan («Kuyganlar» va b.). Soʻnggi asarlari: «Yaproqdan yasalgan belbogʻ» (1977), «Tuaynbernlar bilan boʻlgan chigal ish» (1979) romanlari, «Tom toʻsinidagi xudo» (1978) sheʼrlar toʻplami. Xilmaxil nutqiy qatlamlar va ohanglarning, poetik ramzlar va «ayovsiz» realizmning, koʻtarinki ruh va mubolagʻaning oʻzaro qoʻshilib ketishi Uayt uslubiga xos xususiyatdir. Nobel mukofoti laureati (1973).


Lotin alifbosida maqola: UAYT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты