UBAYD MADANIYATI

UBAYD MADANIYATI — Jan. Mesopotamiyada shakllangan eneolit davri madaniyati (mil. av. 5-ming yillik). Mil. av. 4-ming yillikda Shim. Mesopotamiyaga, shuningdek, Suriya — Kilikiya, Kichik Osiyo (Malatiya r-ni), Urmiya koʻlining jan. dagi mintaqalarga tarqalgan. Qad. Ur sh. xarobalaridan 6 km jan. da joylashgan Tallal-Ubayd qishlogʻida olib borilgan arxeologik qazishlar (L. Vulli, 1923—24) natijasida olingan asosiy materiallar nomi b-n atalgan. Ubayd madaniyati uchun qoʻlda yasalib, geometrik naqshlar bilan bezatilgan, baʼzan hayvonlar shaklida ishlangan sopol idishlar, kam miqdordagi mis idishlar, muhrlar, chaqmoqtoshdan yasalgan oʻroklar, maʼbudalar xaykalchasi va b. xos. Ubayd madaniyati axoliyey oʻtroq dehqonchilik bilan shugʻullanib, uy chorvasiga ega boʻlganlar, xom gʻishtdan yasalgan uylarda yashagan, bu uylar qishloqni tashkil qilgan, uning markazida asosiy sajdagoh — ibodatxona joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: UBAYD MADANIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
MISR
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты