UBAYDULLAYEVA

UBAYDULLAYEVA Maʼrifat (1929.4.6, Namangan viloyati Chodak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1983). 1953 — 61 y. lar Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1961—92 y. lar Andijon viloyat musiqali drama teatrida, 1992-y. dan Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar teatrida aktrisa. Shirin («Farhod va Shirin»), Xemnolina («Gang daryosining qizi»), Sanam («Aziz va Sanam»), Oyparcha, Nodirabegim («Nodira»), Layli («Layli va Majnun»), Zulxumor («Ravshan va Zulxumor»), Nurxon («Nurxon»), Jamila («Boy ila xizmatchi»), Katarina («Oʻjar qizning quyulishi»), Nigoroyim («Mehrobdan chayon»), Momo («Hayot eshik ortida»), Nargiz («Nargiz») kabi rollari uning ijodida alohida oʻrin tutadi. Ubaydullayeva lirik va xarakterli rollar ustasi boʻlib, uning ijodi yuqori ovoz, dramatik mahorati, badiiy ifodasi hayotiyligi bilan ajralib turadi. «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2002).


Lotin alifbosida maqola: UBAYDULLAYEVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
XALQ IJODI
NAMANGAN VILOYATI
TOSHKENT
ZOKIROVLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты