UGLEVODLAR (shakarlar, glitsidl^ar) — oqsillar va yogʻlar bilan bir qatorda odam, jonivorlar va oʻsimliklar organizmi hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan keng tarqalgan organik birikmalar guruhi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻladigan energiya manbalaridan biri. Xossalariga koʻra, oksialdegidlar va oksiketonlarga yaqin turadi. Uglevodlar asosiy qismining umumiy formulasi CnH2nOn yoki (SpN2O) p boʻlib, monosaxaridlardan glyukoza (fruktoza) S6N|2O6 yoki disaxaridlardan saxaroza S12N22OM ularga misol boʻla oladi. Oʻsimliklar qattiq moddasi massasining 80% ga yaqini, jonivorlar quruq massasining 20% ga yaqini Uglevodlarga toʻgʻri keladi. Oʻsimliklar Uglevodlarni anorganik moddalar — karbonat angidrid (SO2) bilan suvdan sintez qiladi. Tirik organizmda Uglevodlar biologik jarayonlarda energiya manbai, organizm uchun boshqa oraliq yoki oxirgi metabolitlar sintezida xom ashyo rolini uynaydi. Hoz. tarkibida uglerod, vodorod va kisloroddan tashkari azot, oltingugurt yoki fosfor bulgan birikmalar ham Uglevodlar qatoriga kiritiladi.
Uglevodlar 2 katta guruhga: monosaxaridlar va polisaxaridlarga boʻlinadi. Polisaxaridlar esa shakarsimon (oligopolisaxaridlar) — disaxaridlar (biozalar), trisaxaridlar, tetrasaxaridlar va noshakarsimon polisaxaridlardan iborat. Ular oddiy Uglevodlar (monosaxaridlar yoki monozalar) va murakkab Uglevodlar (polisaxaridlar yoki poliozalar) deb ham ataladi.
Mono va oligosaxaridlar — mol. m. uncha yuqori boʻlmagan suvda yaxshi eriydigan moddalar. Noshakarsimon Uglevodlarning mol. m. yukrri, eritmalari faqat kolloid holida mavjud boʻladi. Noshakarsimon Uglevodlar (kraxmal, hujayra) katta miqdordagi monozalar molekulasidan tuzilgan.
Monozalar tuzilishi qator reaksiyalar yordamida aniklangan, glyukoza vodorod yodid HI bilan kaytarilganda 2yodgeksan hosil qilishi, yengil sharoitlarda glyukoza oksidlanganda glyukon kislotaga aylanishi, atsillanganda va alkillanganda 5 ta gidroksil guruhi mavjud boʻlishi inobatga olinadi. Fruktozada glyukozadagi aldegid guruhi oʻrnida ketoza guruhi boʻladi. Oddiy Uglevodlarga taallukli monosaxaridlar suvda yaxshi eriydigan optik faol kristall moddalar bulib, aksariyati shirin. Qaytaruvchilik xossasiga ega. Koʻp atomli aldegid va ketonospirtlar (koʻpincha ichki siklik yarimatsetal shaklda) hisoblanadi. Bularga mansub oligosaxaridlar esa glikozid bogi bilan bogʻlangan 2—10 monosaxariddan iborat. Disaxaridlarga kiradigan saxaroza, tregaloza, laktoza tabiatda keng tarkalgan. Oligosaxaridlarning koʻp sonli glikozidlari (fiziologik faol moddalar) tibbiyotda qoʻllanadi.
Polisaxaridlar chiziqsimon yoki tarmoklangan yuqori molekulali birikmalar boʻlib, ular molekulalari glikozid bogi bilan boglangan monosaxaridlardan tashkil topgan. Ular zaxira holdagi Uglevodlar — kraxmal, inulin, glikogen, gemitsellyulozalardir. Uglevodlar maʼlum oʻsimliklardagina koʻp tuplanadi. Mas, lavlagida saxaroza, qoʻziqorinlarda mannit, kartoshkada kraxmal, paxtada sellyuloza koʻp buladi. Uglevodlar organik kislotalar, koʻp atomli fenollar, oshlovchi moddalar, antotsianlar, aminokislotalar, yogʻlar, oqsil va b. ga aylanadi. Uglevodlar hayvonlar organizmi quruq massasining 2% ini tashkil etadi. Uglevodlarning 1 g 4,1 kkal energiya berib, asosan, usimliklardan olinadi. Bunday energiya anaerob, yaʼni glikoliz va aerob yoʻl bilan hayvon organizmida sarflanadi. Nafas olishda taxm. 30 baravar koʻp energiya ajraladi. Glikoliz jarayonida hosil boʻlgan sut kislotaning bir qismi oksidlanadi, qolgan qismi esa energiya ajralishi hisobiga glikogenga sintezlanadi.
Uglevodlardan organizm uchun zarur boʻlgan glyukoza, fruktoza, askorbin kislota, antibiotiklar, yurak glikozidlari va b. olinadi.
Uglevodlar sanoat va xalq xoʻjaligi, farmatsevtika va tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va b. sohalar uchun xam muhim xom ashyo manbaidir. Bijgish mahsulotlari, unlab xil kislotalar, doridarmonlar, toʻqimachilik sanoatining asosiy xom ashyolari — sellyuloza, qogʻoz, tolalar, plastmassalar ham Uglevodlardan foydalanib tayyorlanadi. Portlovchi moddalar, kinotasmalar, pergament, gummiarabik va b. ham shular jumlasiga kiradi.