TELEVIDENIE

TELEVIDENIE (tele… — va rus. videniye — koʻrish) — fan, texnika va madaniyatning koʻrinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bogʻliq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat oʻzi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib kelgan. Bu istak koʻp halqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini topgan. Mas., Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini koʻzguda koʻrib oshiq boʻlib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika «sehrli koʻzgu» («oynai jahon») ga aylangan 20a. da roʻyobga chiqdi. Televideniye tasvir elementlarini ketma-ket uzatish (19-a. oxirida portugal olimi A. di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. 20-a. 30y. lariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan (ularni ishlab chikishni nemis muhandisi P. G. Nipkov 1884-y. boshlab bergan). 30y. lar oʻrtalaridan boshlab dastlabki elektron T. tizimi paydo boʻldi. Inson koʻzi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi boʻgʻim hisoblangani uchun televizion tizimlar koʻzning koʻrish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, yaʼni Televideniye koʻz xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar oʻrnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar obyektiv orqali biror obyektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorugʻlik intensivligiga monand elektr signallari olinadi.

Televideniye taraqqiyotida ichki fotoeffektni ochgan (1873) U. Smit (AQSH) ning, tashki fotoeffektning asosiy qonuniyatlarini belgilab bergan (1888) A. G. Stoletovnij, radioalokani ixtiro qilgan (1895) A. S. Yaoiovning, «katod teleskop» tizimini ishlab chiqqan (1907) va shu tizim boʻyicha lab. sharoitida birinchi marta elektron televizion uzatishni amalga oshirgan (1911) B. L. Rozingning xizmatlari katta. 1928-y. da oʻzbekistonlik ixtirochilar B. P. Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar elektronnur yordamida xarakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan «radiotelefot»ni yaratdilar. Televideniye elektron tizimlari amalda 1920—40 y. larda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalanishga asoslangan. Bunga B. K. Zvorikin va F. Farnsuort (AQSH), K. Svintov (Buyuk Britaniya), A. A. Chernishev, S. I. Katayev, A. P. Konstantinov, B. L. Rozing, P. V. Timofeyev, P. V. Shmakov (SSSR) va b. olimlar katta hissa qoʻshishgan.

Televizion tasvirlar 3 jarayonda uzatiladi: 1-uzatuvchi obyekt chiqargan yoki qaytargan yorugʻlikni elektr signallariga aylantirish; 2elektr signallarini aloqa kanallari boʻyicha uzatish va qabul qilish; 3elektr signallarini obyektning optik tasvirini hosil kiluvchi yorugʻlik impulslariga aylantirish. Uzatishda tasvir elementlarini elektr signallariga, qabul qilishda uzatilgan signallarni tasvir elementlariga ketma-ket aylantirish jarayoniga tasvirlarni tiklash deyiladi. Tasvirlarni analiz va sintez qilish jarayonlari sinxron hamda sinfaz boʻlishi kerak. Televizion koʻrsatuv tizimida chiziqlisatr yoyilma qabul qilingan; bunda hosil qilinadigan tasvir kadri gorizontalsatr strukturaga ega boʻladi. Tiklashning sinfazligini saklash uchun har qaysi satr va kadr oxirida sinxronlovchi impuls uzatiladi. Shu bilan televizion stya oʻz taʼsir zonasidagi barcha televizorlardagi tiklanishlarni boshqaradi. Televideniyeda optik tasvirlarni hosil qilish va tiklash jarayonlari texnik jihatdan asosan vakuumli elektronnurli trubka yordamida amalga oshiriladi.

Uzatuvchi trubkalar ichida ichki fotoeffektli vidikon va tashki fotoeffektli superortikon, qabul qiluvchi trubkalardan esa turli kineskoplar keng tarqalgan. Oqqora Televideniyeda yorugʻlik signali (videosignal) uzatuvchi trubkadan chiqishda kuchaytiriladi va elektr signaligaaylantiriladi. Bunda radiokanal yoki kabel kanali aloka kanali boʻlib xizmat qiladi. Qabul qiluvchi qurilmada qabul qilingan signallar bir nurli kineskopda yorugʻlik nurlariga aylantiriladi; bunda kineskop ekrani oq nur nurlatadigan lyuminofor bilan qoplangan.

Rangli televideniyem tabiatdagi barcha ranglarni maʼlum nisbatda olingan 3 ta asosiy rang — qizil, yashil va koʻk ranglardan optik jihatdan tiklash mumkin boʻlgani uchun televizion uzatish kamerasi yoritilganlik signalini va asosiy ranglar signallarini yaratishi uchun bir emas, balki 3 ta trubkadan iborat boʻladi. Uzatishda (telemarkazda) ana shu barcha signallar kodlanadi, qabul qilishda (televizion priyomnikda) dekodlanadi. 80y. lar oʻrtalaridan boshlab raqamli Televideniye tizimi ustida ishlar olib borildi va amalda joriy qilindi. Bu tizimda elektr impulslarning kod (raqam) li kombinatsiyalari ketma-ketligidan foydalaniladi. Kabelli Televideniye tizimidan ham foydalanilmoqda. Unda atmosfera va b. xalaqitlar boʻlmaydi. Kabellar (yorugʻlik oʻtkazgichlar) asosan yer ostidan oʻtkaziladi.

Televideniye tizimlar quyidagi asosiy belgilari boʻyicha tasniflanadi: sifat belgisi boʻyicha — oqqora (monoxromli), rangli, stereomonoxromli va stereorangli; signallarni qanday shaklga keltirishi (videoinformatsiya) boʻyicha — analog va diskretli (raqamli); aloqa kanali spektrining chastotasi boʻyicha — keng polosali va tor polosali.

Televideniye inson turmushida muhim oʻrinni egalladi; televizion eshittirish sifatida keng tarqaldi. Televizion apparaturalar fan, tibbiyot, xalq xoʻjaligining turli tarmoklarida turli masalalarni hal qilishda keng ishlatiladi. Tasvirni uzoq masofaga olib koʻrsatish tajribalari 20-a. 30y. larida boshlandi. SSSR da 1931 i. 1 okt. dan qoʻzgʻalmas tasvirlarning kam qatorli televizion koʻrsatuvlari muntazam olib borildi. Harakatlanuvchi tasvirlarning birinchi koʻrsatuvlari 1932-y. amalga oshirildi, 1934-y. ovozli Televideniye paydo boʻldi. 30y. larning oxirida kam qatorli mexanik Televideniyedan elektron Televideniyega oʻtilishi Televideniye taraqqiyotida yangi bosqich boʻldi. 1962-y. da SSSR da kosmik Televideniye yaratildi. Yaqin kosmosga televizion xizmatni talab etadigan yer sunʼiy yoʻldoshlari va orbital styalar uchirildi. T. Oyning Yerdan koʻrinmaydigan tomonini oʻrganishga imkon yaratdi, Oy, Merkuriy, Venera, Mars va Yupiter sayyoralarining fototelevizion suratlari olindi va b.

Elektron Televideniye koʻrsatuvlari tajriba tarikasida 1938-y. Moskva va Leningradda namoyish qilindi. 1939-y. dan esa muntazam koʻrsatuvlar boshlandi. Muntazam telekoʻrsatuvlar Buyuk Britaniya va Germaniyada 1936-y., AQSH da 1941-y., Yevropa mamlakatlarida 20-a. 50yillarida, rivojlanayotgan mamlakatlarida 60y. larda boshlandi. Hoz. dunyoda Televideniye kjsak darajada rivoj topdi va insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz Televideniye siga ega, AQSH va 3 ta umummilliy teletarmoq — «EyBiSi», «SiBiEs» va «EnBiSi» faoliyat koʻrsatmoqda. Angliyada «BiBiSi», Fransiyada TF, Rossiyada 1kanal, RTR, NTV, TNT va b. telestudiyalar mavjud.

Toshkent telemarkazining tajriba sinov koʻrsatuvlari 1956-y. 5-noyabrdan boshlandi. 1957-y. da Oʻzbekiston Radioeshittirish va Televideniye qoʻmitasi tashkil etiddi, qoʻmita 1992-y. 7-yanvarda Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga, Oʻzbekiston Prezidentining 1996-y. 7-maydagi farmoni bilan esa Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi («Oʻzteleradio») ga aylantirildi. «Oʻzteleradio» ommaviy axborot vositalarining muassasasi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquklariga ega boʻldi. «Uzteleradio»ning Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda hududiy (mintaqaviy) boʻlimlari mavjud. Oʻz TV da 4 ta kanal bor. Ularda har kuni 52 soat («Uzbekistan» — 18 soat, «Yoshlar» — 16 soat, «Toshkent» — 7 soat, «Sport» — 11 soat) koʻrsatuv efirga uzatiladi. Viloyatlar telekoʻrsatuvlari bir kechakunduzda 15,5 soatni tashkil etadi (2004).

«Oʻzteleradio» jahondagi koʻpgina yirik telekompaniyalar bilan, jumladan, Amerikaning CNN, Germaniyaning DW, Yaponiyaning NHK, TBS, FUJI, Koreyaning KV5, Turkiyaning TRT, Rossiyaning yetakchi telekompaniyalari bilan keng tarmokli aloqalarga ega. Oʻzbekiston TV ning «Axborot» dasturi SCOLA (AQSH) konsorsiumi hamkorligida internet orqali uzatib boriladi.

Televideniye paydo boʻlishi bilan ommaviy axborot vositalari tizimida sifat oʻzgarishi yuz berdi — insoniyat ijtimoiy hayot voqealarini bevosita koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi, ijtimoiy ong bilan ijtimoiy borliq oʻrtasida eng kiska va qulay yoʻl barpo etildi, i neon ongiga va histuygʻusiga taʼsir etishning ishonchli vositasi vujudga keldi. Televideniye garchi soʻzni bosma ravishda koʻpaytirmasdan ijtimoiy hayotni ovoz va tasvir vositasida aks ettirsada, u matbuotning, ommaviy axborot vositalarining bir turi hisoblanadi va uning krnunkridalari asosida ish koʻradi. Televideniye matbuotning ijtimoiy informatsiya yigish va tarqatish vazifasining 3 qirrasi boʻlmish tasvir, tahlil va taʼsir funksiyalarini toʻla bajaradi, yaʼni u hayotdagi voqea va hodisalarni tasvirlaydi, ularni taxlil qiladi, hayotga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Matbuotning umuminsoniylik, xalqchillik, milliylik, haqqoniylik va b. tamoyillari ham Televideniye faoliyati uchun bosh qonun hisoblanadi. Matbuotning ijodiy anʼanalariga amal qilish va yangi omillar yaratish, jamoatchilik fikrini ifodalash va b. qonuniyatlari ham Televideniye uchun bevosita taalluklidir. Matbuot materiallarining oʻzagini tashkil etuvchi publitsistika ham Televideniye faoliyatida keng qoʻllanadi va uning oʻziga xos xususiyatlari bilan birlashgan holda telepublitsistikani tashkil etadi. Televideniyeda publitsistikaning har 3 — informatsion, taxdiliy va badiiy koʻrinishlari keng xizmat kiladi.

Televideniye faoliyati telejurnalistika krnuniyatlari asosida olib boriladi. Telejurnalistika — jurnalistika qonunqoidalarining Televideniye imkoniyatlari bilan birlashmasidan iborat. Telejurnalistika janrlari ham matbuot janrlari bilan Televideniye xususiyatining qoʻshilishidan kelib chikadi. Matbuotning informatsion, tahliliy va badiiypublitsistik janrlari Televideniye xususiyatlari bilan mushtarak holda telexabar, telereportaj, telelavha, telesuhbat, telehisobot, telesharh, teleocherk, telefelyeton va b. xillarga aylanadi. Maʼlum mavzuga bagʻishlangan telekoʻrsatuvlar yigʻindisi telejurnal deb ataladi. Shu bilan birgalikda Televideniye ommaviy axborot vositalarining oʻziga xos, alohida bir turidir. U oʻz funksiyasini bajarishda publitsistika bilan bir qatorda ogʻzaki nutq sanʼati, adabiyot, teatr sanʼati, kino, musika sanʼati kabilardan ham keng foydalanadi. Shuning uchun ham Televideniye boshqa ommaviy axborot vositalari orasida yuqori oʻrinda turadi. Telekoʻrsatuvlarda sanʼatning bu xildagi turlaridan keng foydalanish natijasida adabiyot va sanʼat turlari bilan mushtarak boʻlgan telenovella, teleminiatyura, telefilm, telespektakl, telekompozitsiya va b. janrlar ham qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston televideniyesi teledasturlarining rangbarangligi respublikaning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, madaniymaʼnaviy hayotining barcha sohalarini qamrab olish va qiziqarli aks ettirish imkon iyatini beradi.

Ergash Komilov, Nizomiddin Maxmudov, Muxtor Xudoyqulov.


Lotin alifbosida maqola: TELEVIDENIE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
XALQ IJODI
YAPONIYA
TOSHKENT
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты