TELEVIZION ANTENNA — televizion tasvir signallari va tovushni qabul qilish yoki uzatish uchun % moʻljallangan qurilma. Uzatuvchi va qabul qiluvchi; metrli va detsimetrli diapazonda ishlaydigan turlari bor. Uzatuvchi Televizion antenna, odatda, gorizon s tal simmetrik vibratorlar tizimidan iborat. Vibratorlarning joylashishi yoʻnalganlik diagrammasi (YD)ning shakli (q. Antenna) va kuchaytirish koeffitsiyenti (KK) bilan aniklanadi. Uzatuvchi Televizion antenna yoʻnalganlik diagrammasi gorizontal tekislikda doiraviy, vertikal tekislikda esa yaproq shaklida boʻladi. Agar antenna tayanchining koʻndalang kesimi va kuchaytirish koeffitsiyenti kichik boʻlsa, metrli diapazonda turniket tipidagi (koʻp kavatli) Televizion antenna qoʻllaniladi. Metrli diapazonda uzatuvchi Televizion antennaning kuchaytirish I koeffitsiyenti 12—15, detsimetrlida bir necha oʻn birlikka teng boʻladi.
Qabul qiluvchi Televizion antennaning individual (tashqi yoki xonaga oʻrnatiladigan) va umumiy foydalaniladigan xillari bor. Ular bir yoki kup kanalli, keng polosali boʻladi. Umum foydalaniladigan antennalar bir yoʻnalishli boʻlib, metrli va detsimetrli diapazonda ishlaydi. Metrli diapazondagi signallarni bemalol qabul qilish mumkin boʻlgan joylarda bir kanalli tashqi individual antennalar, qiyin qabul qilinadigan (telemarkazdan uzok.) joylarda detsimetrli antennalar qoʻllaniladi. Xonaga oʻrnatiladigan antennalardan telemarkazga yakin joylardagina foydalaniladi. Bularga metrli diapazonda ishlaydigan teleskopik (qisqaribuzayadigan) va lentasimon antennalar kiradi. Televizion koʻrsatuvlarni yer sunʼiy yuldoshi orqali uzatishda parabolik koʻzguli antenna tizimi ishlatiladi.