TELEVIZION KAMERA, telekamera — obyektning optik tasvirini tasvirning uzoqqa uzatish mumkin boʻlgan elektr signallari (videosignallar)ga aylantirib beradigan apparat. Televizion koʻrsatuvlar (telestudiya va telestudiyadan tashqaridan uzatiladigan, diktorlik va b.) hamda sanoat (shu jumladan, suv osti) Televizion kamera lari farq qilinadi. Oqqrra varangli televideniye uchun moʻljallangan Televizion kameralar bor. T. k. ning asosiy qismi fotoelektron oʻzgartirgich, yaʼni uzatuvchi televizion trubka. Videosignallar ana shu trubkada shakllanadi. Televizion kameraning boshqa qismlari: obyektiv, videokuchaytirgich va satrlarni yoyish generatori. Televizion koʻrsatuvlar uchun moʻljallangan Televizion kamera kineskopli videoqidirgich kurilma bilan taʼminlanadi. Bu qurilma teleoperatorning obyektni koʻrib turishi va nazorat qilishiga imkon beradi. Rangli televideniye uchun moʻljallangan Televizion kamerada yorugʻlik oqimi maxsus prizmalar yoki koʻzgular bilan turli sohalarga ajratiladi. Telestudiyada yoki Kuchma televizion styada, odatda, bir nechta Televizion kamera boʻladi. Telerejissyor televizion koʻrsatuv ssenariysiga moye ravishda ularni uzatuvchi kameraga galmagal ulab turadi.