UZATISH NISBATI

UZATISH NISBATI — mashina mexanizmlari, shu jumladan, aylanma harakatlanuvchi uzatmalarning asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Mexanizm aylanuvchi zvenolarining burchak tezliklari yoki aylanish chastotalari (sonlari) nisbati bilan belgilanadi. Odatda, Uzatish nisbati mexanizmning yetakchi (harakatlantiruvchi) zvenosi burchak tezligi (yoki aylanishlar soni) bilan yetaklanuvchi (harakatlanuvchi) zvenosi burchak tezligi (yoki aylanishlar soni) orasidagi nisbatni bildiradi (l = ~or) Uzatish nisbati oddiy mexanizmlar (tishli gʻildiraklar jufti, chervyakli, tasmali uzatmalar va b.) uchun ham, koʻp zvenoli murakkab mexanizmlar (koʻp pogʻonali reduktorlar, planetar reduktorlar, uzatmalar va b.) uchun ham taalluqli. Mexanizmlar (ayniqsa, ilashma uzatmalar) uchun Uzatish nisbati tushunchasi bilan birga uzatish soni termini ham ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: UZATISH NISBATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TISHLI UZATMA
KRIVOSHIPLI MEXANIZM
MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI
UZATMALAR QUTISI
MEXANIZM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты