TELEVIZION STANSIYA

TELEVIZION STANSIYA — televizion eshittirishlarni tayyorlash va radiotoʻlqinlar yordamida uzatish uchun moʻljallangan qurilma va inshootlar majmui; televizion uzatish tarmogʻining asosiy boʻgʻini. Televizion stansiya televizion markaz (telemarkaz) deb ataladigan dasturli va retranslyatsion deb ataladigan uzatuvchi xillarga boʻlinadi. Telemarkaz — televizion dasturlar hosil qilinadigan televizion uzatuvchi tarmoqning boshlangʻich boʻgʻini. Telemarkazning asosiy texnik bazasi apparatstudiya majmui hisoblanadi. Unga texnik apparatlar, televideniye orqali kinofilmlar koʻrsatish, televizion dastur signallarini magnit lentaga yozib olish va uni namoyish qilish (q. Videomagnitofon) jihozlari, shaharlararo aloqa liniyalari boʻyicha boshqa telemarkazlardan kelgan dasturlarni kundalik koʻrsatuvlarga kiritish apparatlari, shuningdek oʻz koʻrsatuvlarini boshqa telemarkazlarga uzatuvchi apparatlar, televizion studiya (telestudiya) kiradi.

Televizion studiya tovushdan izolyatsiya qilingan xonadan iborat. Studiya devorlari va shipi tovush yutuvchi materiallar bilan krplanadi va kondensirlangan havo bilan majburiy shamollatadigan tizim bilan taʼminlanadi. Televizion stansiya tarkibida muharrirlar va rejissyorlar, dastur tuzish, tayyorlash hamda uni koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar uchun xonalar boʻladi.

Studiyadan tashkari joylar (teatr, studiya va b.)dan telekoʻrsatishda koʻchma televizion styadan foydalaniladi.

Uzatuvchi stya — tasvir signallarini tovush signallari bilan birgalikda radiotoʻlqinlar tarzida Yer sirtida tarqatishni taʼminlaydigan televizion koʻrsatuvchi tarmoqning oxirgi boʻgʻimi. Bunga televizion radiouzatkichlar, televizion antenna va nazoratoʻlchash apparaturalari kiradi. Televizion antennaning tayanchi qanchalik baland boʻlsa, uzatuvchi Televizion stansiyadan shunchalik samarali foydalanishga imkon beradi.


Lotin alifbosida maqola: TELEVIZION STANSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TELEVIDENIE
TELEMARKAZ
YER
VIDEOMAGNITOFON
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты