UZOQDAN KOʻRISH

UZOQDAN KOʻRISH, gipermetropiya — koʻz nur sindirish (refraksiya) meʼyorining buzilishi. Odatda, koʻzning nur sindirish xususiyati 3 xil boʻladi. Birinchisida koʻzga tushgan nurlar toʻr pardada sinib, koʻz narsalarni yaxshi, normal koʻradi. Ikkinchisida nurlar fokusi kalta boʻlib, ular toʻr pardaga bormay, koʻzning ichida sinib, oʻz fokusida yigʻiladi. Bunda koʻzning koʻrish xususiyati faqat yaqinga yetadi, bu yaqindan koʻrish deyiladi. Uchinchisida esa koʻzga tashqi muhitdan tushgan nurlar toʻr pardadan «koʻzning orqasi», yaʼni «manfiy masofa»ga oʻtib ketadi. Bunda koʻz uzokdan ham, yaqindan ham yaxshi koʻrmaydi, chunki nurlar fokusi uzokda yotadi; koʻz toʻr pardasiga faqat ayrimayrim nurlar tushadiyu, lekin u tashqi muhitdagi buyumlar shaklini toʻliq aks ettira olmaydi.

Koʻzning nur sindirish xususiyati dioptriya bilan hisoblanib, yosh odamlarda Uzoqdan koʻrish refraksiyasi ikki yoki kupi bilan uch darajagacha boʻlsa, uni akkomodatsiya qoplay oladi va odam 40—50% gacha koʻrishi mumkin. Lekin bunday odamlarning koʻzi tez charchaydi, qizaradi, koʻzi va qovogʻida ogʻriq seziladi, boshi ogriydi. 40 yoshdan oshgan odamlarda esa, akkomodativ apparat yoshlarnikiday yumshoq va harakatchan boʻlmagani uchun akkomodatsiya kuchi kamayadi. Ular harflarni yaqindan oʻqiy olmaydilar. Uzoqdan koʻrish bolalarda gʻilaylikkz. olib keladi. Uzoqdan koʻruvchi kishilarga qavariq koʻzli koʻzoynak taqish tavsiya etiladi.


Lotin alifbosida maqola: UZOQDAN KOʻRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



REFRAKSIYA
YER
YAQINDAN KOʻRISH
KOʻZ
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты