TELEOLOGIYA

TELEOLOGIYA (lOH.talos — oqibat, maqsad va…logiya) — maqsad va maqsadga muvofiqlik haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimot tabiat hodisa va jarayonlariga maqsadlar (maqsadga muvofiqlik yoki biror maqsadga yoʻnalish qobiliyati)ni sabab qilib koʻrsatadi, bu maqsadlar xudo tomonidan belgilanadi (X. Volf) yoki tabiatning ichki sabablari hisoblanadi (Aristotel, G. Leybnis) deb biladi. Teleologik xarakterdagi konsepsiyalar orasidagi farqlardan qatʼi nazar, ularning hammasiga tabiat va jamiyat jarayonlarini antropomorfizm ruhida tushunish, yaʼni ularni ham odam faoliyati kabi qandaydir oldindan belgilab qoʻyilgan maqsad, moʻljalga muvofiq boʻladi, deb tasavvur qilish xosdir.


Lotin alifbosida maqola: TELEOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARISTOTEL
FOROBIY
TOSHKENT
YER
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты