TELETERMAL KONLAR

TELETERMAL KONLAR (tele… va yun. therme — issiq, qaynoq) — foydali qazilmalarning gidrotermal tipdagi konlari boʻlib, yer yuzasiga yaqinroqda harakatlanadigan, 50° dan 200° gacha boʻlgan qaynoq minerallashgan eritmadan mineral massalarning choʻkishi natijasida hosil boʻladi. Odatda, qatlamsimon uyumlar, nisbatan kamroq oddiy mineral tarkibiga ega boʻlgan ruda (baʼzi surma, simob, barit, flyuorit ruda konlari) ning tomirli tanalarini hosil qiladi. Teletermal konlar Yerning chuqur kismidagi magmatik jinslardan uzokda boʻlsa ham, lekin ular bilan qaynoq minerallashgan suvli eritma orqali bogʻlangan deb taxmin qilinadi. Bunday konlarni amerikalik geolog L. Greyton (1933) Teletermal konlar deb nomlagan. 1969-y. dan boshlab qoʻrgʻoshin, rux va mis rudalarining Teletermal konlar stratiform konlarnksh maxsus sinfida koʻrsatilgan.


Lotin alifbosida maqola: TELETERMAL KONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GIDROTERMAL KONLAR
MINERAL
OKEAN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты