UZUNOYOQLILAR

UZUNOYOQLILAR (Tipulidae) ikki qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tanasi choʻziq (12— 30 mm), qanotlari ensiz uzun, oyoklari nozik va tanasiga nisbatan juda uzun (nomi shundan). 2500 ga yakin turi bor. Qurtlari tuproqdagi yoki suvdagi chiriyotgan oʻsimliklar, suvoʻtlar va yoʻsinlar, baʼzan oʻsimliklar ildizi va yosh barglari bilan oziklanadi. Nam va birmuncha iliq iqlimli hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda bir necha turi uchraydi. Uzunoyoqlilar voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Suv boʻyi va salkin joylarda oqshom payti yoki tunda sekin uchib yuradi. Xavf tugʻilganida oyoqlarini uzib tashlab, dushmandan qochib qutuladi. Zararkunanda Uzunoyoqlilar kurtlari poliz ekinlariga ziyon keltiradi.


Lotin alifbosida maqola: UZUNOYOQLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
Sherali Jo'rayev - Nozik
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты