UYBAT CHAATASI

UYBAT CHAATASI — Xakasiya Respublikasi (RF)dagi Uybat st-yasidan 6 km jan. sharqda joylashgan qad. mozorqoʻrgʻon (mil. av. 3a. — mil. 7—8-a. lar). Eng qad. qabrlar tagar madaniyatiga, aksariyati — toshtiq madaniyatja oid. 1936 va 1938-y. lardagi arxeologik qazishmalar (SV. Kiselyov, L. A. Yevtyuxova va b.) chogʻida toshtiq madaniyatiga mansub zodagonlar qabridan (mil. av. 1-a. —mil. 5-a.) ularning gips va terrakotadan yasalgan dafn niqoblari, yogʻochdan ishlangan naqshinkor haykaltaroshlik namunalari va b. topilgan. 7—8-a. larga oid yenisey qirgʻizlari mozorqoʻrgʻonlaridan sirtiga oltin suvi yuritilgan, yogʻochdan ishlangan qoʻylarning haykalchalari, UrxunEnisey bitigi tushirilgan kumush koʻzacha va b. chiqqan. Uybat chaatasi topilmalari — qad. Sibirda mulkiy tabakalanish vujudga kelishi tarixini oʻrganishda muhim manba.


Lotin alifbosida maqola: UYBAT CHAATASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
HAYKALTAROSHLIK
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты