TELLURIDLAR

TELLURIDLAR — tellurning elektr musbat elementlar, asosan, metallar bilan hosil qilgan birikmalari, tellurid kislota N2Te tuzlari. Telluridlar sulfidlar va selenidlarga oʻxshash boʻlib, tuzilishi va xossalari jihatidan ularga yaqin. Telluridlar komponentlarini inert muhitda bevosita eritib va b. usullarda olinadi. Telluridlar televizor trubkalari, dozimetrlar, nurlanish hisoblagichlari, magnit asboblari, termogeneratorlar va b. da ishlatiladi.

Tabiiy Telluridlar — minerallar; tellurning ogir metallar (Bi, Au, Ag, Pd, Si, Sb, Pt va b.) bilan hosil qilgan tabiiy birikmalari. Tabiiy Telluridlar murakkab, nostexeometrik tarkibli. Metalldek yaltiroq, elektr oʻtkazuvchan; qattiqligi 2—3, zichligi 6—7 g/sm2.

Tabiiy Telluridlarning 40 ga yaqin turi maʼlum. Asosiy minerallari: altait, tellurovismutit, tetradimit, kalaverit, gessit, moncheit, kotulskit, merenskit. Tabiiy Telluridlar kolchedan, misnikel, mismolibden, polimetall konlarida uchraydi. Tabiiy Telluridlardan asl metallar (Ai, Ag, Pt, Pd) va tellur ajratib olinadi.


Lotin alifbosida maqola: TELLURIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
YER
MINERAL
TELLUR
METALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты