TEMIN

TEMIN (Temin) Xouard Martin (1934.10.12, Filadelfiya) — amerikalik virusolog. AQSH Milliy FA xamda Sanʼat va fanlar akademiyasi aʼzosi. Suortmore kollejini tugatgan (1955). Kaliforniya texnologiya intida falsafa dri (1959). Viskonsin shtatidagi Madison untida onkologiya prof. (1969-y. dan).

Ilmiy izlanishlari eksperimental embriologiya, hayvonlar virusologiyasiga oid. RNKdan DNKga irsiy maʼlumot oʻtkazish (transkripsiyami taʼminlovchi teskari transkriptiza fermentini kashf qilgan (1970). Hujayra irsiy ashyosining oʻsma viruslari bilan taʼsirlashuviga bogʻliq kashfiyot, yaʼni provirus nazariyasi muallifi. Nobel mukofoti laureata (1975, D. Baltimor va R. Dulbekko bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: TEMIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMIN
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
FRANSIYA
ONKOLOGIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты