TEMIR

TEMIR (lot. Ferrum) , Fe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; at. m. 55,847. T. 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat. Temir qadimdan ishlatib kelingan. Inson dastlab metiorit temirini bilgan. Temirning qad. xalkdar tilida atalishi bunga dalildir: qad. misrliklar tilida «benipet» — «osmon temiri» maʼnosini bildiradi; qad. yunoncha sideros, lotincha sidus — yulduz, osmon jismi bilan bogʻlaydilar. Mil. av. 14-a. lardagi xettlar yozuvida Temir haqida osmondan tushgan metall deb eslanadi. Roman tillarida Temirning rumocha atalish negizi saklanib qolgan (mas., frans. fer, ital. ferro).

Mil. av. 2000y. larda Osiyoning garbiy qismida Temirni rudalardan olish usuli topilgan; shundan keyin T. Misr, Yunonistonda ham ishlatiladigan boʻldi; jez davrini temir davri egallay boshladi.

Temir tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Yer poʻstida massa jihatidan 4,65% T. bor. T. ning 300 dan ortiq minerallari maʼlum boʻlib, ular Temir rudalarining asosini tashkil etadi. Temirning sanoat uchun ahamiyatli rudalariga magnetit (magnit temirtosh) Gʻye3O4 (tarkibida 72,4% Fe bor), gematit (qizil temirtosh) Gʻye2O3(70% Fe), gyotit (aGʻyeO(ON) yoki Gʻye2O3N2O, lepidokrokit (uGʻyeOON) va gidrogyotit (limonit) Gʻye2O3xN2O (62% ga yaqin Gʻye), siderit FeCO3(48,2% Fe), ilmenit FeTiOj (36,8% Fe) va b. kiradi. Tabiiy silikatlar tarkibida ham Temir bor. Bundan tashqari, tabiatda pirit FeS2 ham uchraydi. Planetalararo fazodan Yerga tushadigan meteoritlar tarkibida 8095% Fe va 520% Ni boʻladi.

Sof Temir oq tusli yaltiroq metall. Zichligi 7,874 g/sm3, suyuqlanish trasi 1535°, qaynash trasi 2750°. 4 shakl oʻzgarishga ega (a, r, u va 5T.). Bulardan a T. hajmiy markazlashgan kub shaklida kristallanadi, zichligi 7,87 g/sm3, 769° ga qadar barqaror, ferromagnit xossaga ega. Bu trada oT. oʻzining ferromagnitligini yoʻqotib, paramagnit xossa namoyon qiladi va RT. ga aylanadi, lekin bu vaqtda uning kristallik tuzilishida deyarli oʻzgarish boʻlmaydi. 917° da rT. uT. ga (zichligi 7,59 g/sm3, 1000°da) aylanadi.

1394° da polimorf oʻzgarish sodir boʻlib, uT. 8T. ga (zichligi 7,41 g/sm3) aylanadi; 5T 1535° da suyuqlanadi. Suyuq Temirning zichligi 7,024 g/sm3 (1538° da), 6,962 g/sm3 (1600°), 6,76 g/sm3 (1800°). T. elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. Temir odatdagi trada passiv, lekin nam havoda tez zanglaydi. Qizdirilganida deyarli barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Temir suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, kislorodsiz sharoitda 2 valentli Temir tuzlarini hosil qiladi; konsentrlangan HNO3 va H2SO4 da Temir passivlanadi. Temir odatdagi sharoitda ishqorlarda erimaydi. Temir oʻz birikmalarida Q2, Q3 valentli, lekin uning —2, Q4 va Q6 valentli mahsulotlari ham maʼlum. Temir koʻpgina kompleks birikmalar hosil kiladi. Mac, kaliy geksatsianoferrat (II) — K4 [Fe(CN)6] — sariq rangli kristall modda (sariq qon tuzi). Bu tuz eritmadagi Gʻye3Q ionini ochishda qoʻllanadi. Kaliy geksatsianoferrat (III) — K3[Fe(CN)6] — zaharli qizgʻish kristall modda (qizil qon tuzi) analitik kimyoda Fe2Q ionini ochishda ishlatiladi. Temir texnikada, asosan, choʻyan va poʻlat holida olinadi. Tarkibidagi uglerod miqdoriga koʻra, Temir yumshoq Temir (temir va uning rudalari qora metallar deb ataladi. Texnik sof Temir elektromagnitlar oʻzaklari va elektr mashinalari yakorlari, akkumulyatorlar plastinalari uchun materialdir. Temir kukuni payvandlashda, shuningdek, misni sementatsiyalashda ishlatiladi. Temirning sunʼiy radioaktiv izotoplari 55/ye(T|Gʻ2q2,6 soat) va 59/ye (T|Gʻ2q 45,6 sutka) — izotop indikatorlar.

Temir zamonaviy texnika uchun eng zarur metallardan biri. Lekin sof Temir yumshoq boʻlgani uchun oz ishlatiladi. Temir birikmalari sanoat, qishloq xoʻjaligi. va qurilish ishlarida keng qoʻllanadi.

Hayvon organizmlari va usimliklarda urta hisobda 0,02% T. buladi. U qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Oʻzida koʻpgina mikdorda Temir toʻplaydigan organizmlar (konsentratorlar) ham bor (mas., temir bakteriyalar 17 — 20% gacha Temir toʻplaydi). Hayvon va oʻsimliklar organizmidagi Temir oqsillar bilan bogʻlangan buladi. Oʻsimliklarda Temir yetishmasa, usishi sekinlashadi va xlorofill hosil bulishi kamayadi, koʻpayib ketsa ham zarar qiladi, mas., sholi kam don tugadi. Odam va hayvonlar T. ni ovkatdan oladi (jigar, goʻsht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida Temir ayniqsa koʻp boʻladi). Odam organizmi uchun bir kechakunduzda 60 — 100 mg Temir kerak. Tarkibida Temir boʻlgan dorilar (qaytarilgan Temir, T. laktak, Temir glitserofosfat, Temir (II) sulfat, Blo tabletkasi, ferramid, gemostimulin va b.) T. yetishmaydigan kasalliklarda hamda kuvvat dori sifatida ishlatiladi.

Temir birikmalari. Temirning bir nechta karbonili maʼlum. Pentakarbonil (GʻyeSO)5 — sariq rangli, uchuvchan, zaharli suyuqlik. Suyuqlanish trasi —20°, qaynash trasi 102,5°, zichligi 1460 kg/m3; 60° da parchalana boshlaydi. Organik erituvchilarda eriydi. 180—200° va 16—20 MPa bosim ostida GʻyeQ5SO> (GʻyeSO)5 reaksiyasi asosida olinadi. Gʻye2(SO)9 — oltinsimonsariq kristallar; parchalanish trasi 100°. Organik erituvchilarda oz eriydi. Havoda astasekin oksidlanadi. Osongina dissotsiyalanadi: Gʻye2(SO)9 ^Gʻye(SO)5 (QGʻyeSO)4; hosil boʻlgan (GʻyeSO)4 tezda turli ligandlarni (fosfinlar, toʻyinmagan organik birikmalar va b.) biriktirib olib komplekslar beradi. (GʻyeSO)5 ni fotoliz qilish yoʻli bilan olinadi. Gʻye3(SO)|2 — qoramtiryashil kristallar; 140—150° da parchalanadi. Organik erituvchilarda oz eriydi. Gʻye2(SO), ni qizdirish yoʻli bilan olinadi. Temir karbonillari magnitlar, magnitofon lentalariga yugurtiriladigan oʻta yupqa qatlam, turli detallar, pigmentlar, ferritlar, katalizatorlar tayyorlash uchun qoʻllanadigan karbonil temir kukunlari ishlab chiqarish. da, temirorganik birikmalar sintezida ishlatiladi.

Temirning kristallogidrat koʻrinishidagi nitratlari olingan. Geksagidrat (FeNO,)26H2O — och yashil kristallar. Suyuklanish trasi 60,5°. 100 g suvda 24° da 86,95 g (suvsiz tuz hisobida) eriydi. Suvsiz (FeNO,)2 va uning gidratlari beqaror, xavoda osongina oksidlanadi. Nonagidrat Fe (NO3)39H2O — och binafsha rangli gigroskopik kristallar. Suyuklanish trasi 50,1°; zichligi 1810 kg/m3.100 g suvda 20° da 82,48 g (suvsiz tuz hisobida) eriydi. Geksagidrat (FeNO3)36H2O — rangsiz, gigroskopik kristallar; zichligi 1680 kg/m3; suvda, etanolda, atsetonda eriydi. Temir nitrat gidratlari Temir qirindilariga 20—30% li HNO3 eritmasini taʼsir ettirib olinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni boʻyashda xurush sifatida, oksid kattalizatorlar sintezida qoʻllanadi.

Temir oltingugurt bilan sulfidlar hosil qiladi: T. (P)sulfid FeS, T. disulfid FeS2 va b. Tabiiy Temir sulfidlari (pirit va markazit FeS2, pir rotin Fe7S8) Yer poʻstida keng tarqalgan (q. Oltingugurt) Temirning 2 ta xloridi maʼlum: T. (II) xlorid GʻyeS12 va Temir (Sh)xlordi GʻyeS13 Temir (II) xlorid GʻyeS12 rangsiz kristallar; oksidlanishi sababli havoda sargʻayadi. Suyuqlanish trasi 677°, qaynash trasi 1026°; zichligi 3,162 g/sm3. Suvda, etanolda, atsetonda eriydi. Temir qirindilariga 500° da gaz holatdagi xlorid kislota taʼsir ettirib yoki GʻyeS13ni vodorod bilan kaytarib olinadi. Organik sintezda katalizator, GʻyeS13 olishda, antianemik preparatlar komponenti sifatida qoʻllanadi.

Temir (Sh)xlorid GʻyeS13 — toʻq kizil tusli kristallar. Suyuklanish trasi 309°, qaynash trasi 320°; zichligi 2,898 g/sm3. Suvda, spirtda, atsetonda eriydi. Tabiatda molizit minerali koʻrinishida uchraydi. 400—500° da Temirga quruq holdagi xlor yoki 500° da Gʻye2O3 ga xlorid kislota taʼsir ettirib hosil qilinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni boʻyashda xurish, katalizator sifatida, analitik kimyoda SCN~, Sn2Q ionlarini ochishda, fenol va yenollarni aniklashda qoʻllanadi.

Ad.: Gulyayev A. P., Metallovedeniye, 6 izd., M., 1986; Kasoʻmova S. S, Biogennыye elementoʻ, Temir, 1990; A., Rahimov H. R., Muftahov A. A., Anorganik kimyo, Temir, 2003.

Rustam Maʼrupov.


Lotin alifbosida maqola: TEMIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
FRANSIYA
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты