UKLONSKIY Aleksandr Sergeyevich

UKLONSKIY Aleksandr Sergeyevich (1888.5.11, Gomel sh. — 1972.16.2, Toshkent) — geolog olim, Oʻzbekiston FA akad. (1943). Geol. mineralogiya fanlari d-ri (1920), prof. (1920), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Moskva un-tini tugatgan (1914). ToshDU va ToshPIda mineralogiya kafedralarini va Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika in-tida mineralogiya va geokimyo boʻlimlarini tashkil etgan. Toshkentda mineraloggeokimyochilar maktabini yaratgan. U. Oʻrta Osiyo, Oʻzbekistonda oltingugurt konlari mineralogiyasi va joylashish qonuniyatlarini oʻrgangan (1928—40), minerallarning geokimyoviy tasnifini tuzib, darslik yozgan (1940). Oʻzbekistondagi oqar suvlarning izotop tarkibini tekshirgan. Geokimyo faniga «protokristall», «izotop», «izobara», «paraelementlar» kabi yangi nazariy tushunchalar kiritgan. U. Oʻzbekistonda mineralogiya va geokimyo fanlari rivojiga salmokli hissa qoʻshgan. Yangi topilgan mineral uklonskovit deb atalgan.


Lotin alifbosida maqola: UKLONSKIY Aleksandr Sergeyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
GEOLOGIYA
MINERALOGIYA
GEOGRAFIYA
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты