ULAN-BATOR

ULAN-BATOR, Ulaanbaatar (mongolcha — Qizil Botir) — shahar, Mongoliya poytaxti. BogdoOʻla togʻi etagida, Tola daryosi vodiysida, 1325 m balandlikda joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —27°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin 250 mm. Aholisi 691 ming kishi (1999). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shaharga 1639-y. da asos solingan. Dastlab Moʻgʻulistonda koʻchmanchi qayot kechiruvchi lamaizm cherkovi boshliklarining qarorgohi — Orgoo (Urga) boʻlgan. 1706-y. dan Ixxuree (Buyuk ibodatxona), 1911-y. dan Niyslelxuree (Poytaxt ibodatxonasi) deb atalgan. 18-a. ning 2yarmidan Ixxuree manjur noibi qarorgohi va Tashki Mongoliyaning maʼmuriy markazi. Savdo yoʻlida joylashgan Ixxuree yirik savdo markaziga aylangan. 1911-y. dan Niyslelxuree — Tashki Mongoliya Muxtoriyatining eng yirik shahri. 1921-y. 6-iyulda Mongoliya Xalq Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilingan. Ulan-Bator — transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat va madaniyat markazi. Yalpi sanoat mahsulotining 1/2 qismidan ortigʻi Ulan-Batorda ishlab chiqariladi. Yengil sanoat (jun yuvish, poʻstin tikish, koʻnteri va b. ishlab chiqarish) rivojlangan. Poligrafiya kti, qurilish materiallari i. ch., yogʻochsozlik va metallsozlik korxonalari, avtomobil taʼmirlash z-dlari, oziq-ovqat sanoati, issiklik elektr st-yalari mavjud. Mongoliya FA, unt, muzeylar, teatrlar bor. U. B. da zamonaviy reja asosida Hukumat uyi, turar joy binolari qurilgan.


Lotin alifbosida maqola: ULAN-BATOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MONGOLIYA
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты