ULARLAR

ULARLAR, tog kurkalari (Tetroogallus) — qirgʻovullar oilasi urugʻi. Uz. 60 sm gacha. Oyoklari kuchli; narining oyogʻida kalta pixi bor. Yaxshi yuradi. Togʻ yon bagʻirlari yoki daralarda yuqoridan pastga keng qanotlarini yoyib (qoqmasdan) parvoz qiladi. 5 turi bor. Kavkaz U. i — Kavkaz togʻlarida; Kaspiy Ularlari — Zakavkazye va Kopetdogʻda; Himolay, yaʼni qora qorinli Ularlar — Tyanshan va PomirOloyda, tibet Ularlari — Sharqiy Pomirda, oltoy U. i — Oltoy va Sayanda tarqalgan. Oʻrmon zonasining yuqori chegarasida uya quradi. Alp oʻtloqlarida oziklanadi. Kishda qor kam tushgan togʻ yon bagʻirlariga koʻchib oʻtadi. 3 turi Rossiya va b. mamlakatlar Qizil kitobiga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: ULARLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
POMIR
OSIYO
YEVROPA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты