TEMIR QAPIGʻ

TEMIR QAPIGʻ (qad. turkiycha qapu — eshik) , Darvozai ohanin, Darbandi ohanin, Ohanin darvozasi — Oʻrta Sharq mamlakatlari, xususan Movarounnahrdagi bir qancha shaharlarning mudofaa devorlaridagi temir darvoza, shuningdek, tor togʻ daralaridagi oʻtish yoʻlagi. Oʻzbekistonning jan. hududidagi Boysuntogʻ tizmasi gʻarbida joylashgan tor dara — qad. mashhur togʻ yoʻlagi ham Temir qapigʻ deyilgan. Uning nomi manbalarda turlicha yozilgan. Arabcha manbalarda Bob u l hadid, moʻgʻulchada Qahlagʻa, Xondamirning «Habib assiyar» asarida Tangi Chakchak, Muhammad Vafo Karminagiy «Tuhfai xoniy» asarida Buzgalaxona deb qayd etilgan va bu nom 19-a. ning 2yarmida ham saqlangan. (q. Buzgalaxona). Qadimda Temir qapigʻ 2 tarixiymadaniy oʻlka — Baqtriya va Sugʻdiyonani bogʻlab turgan. Arxeologik tadqiqotlar (1985, 1989—90) xulosalariga koʻra, Temir qapigʻ hududida, relyefga moslab, Shoʻrobsoy vodiysidan oʻtish mumkin boʻlgan joy bal. 2,7 m (qalinligi 6,5 qisman toshdan, bir qismi xom gʻishtdan, uz. 300 m chamasi mudofaa ahamiyatiga ega) devor bilan toʻsilgan. Uning baʼzi joylariga minoralar va bitta toʻrtburchak shaklidagi kichik qoʻrgʻon (Sherxoja qoʻrgʻoni, 80×50 m, hozir sakdanmagan) ham qurilgan edi. Qoʻrgʻon vakt jihatdan taxm. mil. av. 4-a. ga mansub, dastlabki devor esa, YunonBaktriya podshogʻligi davrlariga toʻgʻri keladi. Temir qapigʻ harbiy mudofaa maqsadidagi joy boʻlishi bilan birga, xalqaro savdo yoʻlidagi muhim bojxona vazifasini oʻtagan. Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi shu yerdan oʻtgan. Bu haqsa Rui Gonsales de Klavixo safarnomasida muhim maʼlumotlar keltirilgan. U shunday yozadi: «… Temir darvoza Temurbekning ixtiyorida va unga har yili katta daromad keltiradi, chunki kichik Hindistondan Samarkand podshoxligiga va undan shim. dagi yerlarga yoʻl olgan savdogarlar shu yerlardan oʻtadi…» Jizzax viloyatidagi Ilonoʻtti togʻ yoʻlagi ham Temir qapigʻ deb atalgan.

Omonulla Boʻriyev.


Lotin alifbosida maqola: TEMIR QAPIGʻ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
YER
DARVOZAI OHANIN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты