TEMUR XOQON

TEMUR XOQON, Temur qagʻan (1265—1307) — Xitoyda Xubilay xoqon tomonidan asos solingan Yuan imperiyasi (1271 — 1367) hukmdori (1295 — 1307). Temur xoqonning 13 yillik hukmronlik davri Xitoy solnomalarida YuanChjen (129597) hamda Dade (1297 — 1307) tarzida nomlangan. Temur xoqon Oʻqtoyxon avlodlaridan Xaydu noʻyon tomonidan Xubilay va uning vorislari siyosatiga qarshi 40 yil davomida olib borilgan kurashga chek qoʻygan, oʻzaro urushlar hamda turli tabiiy ofatlar tufayli nochor boʻlib qolgan Qoraqurum aholisining ahvolini yengiLlatish maqsadida katta miqdorda mis tangalar zarb qildirib, ularni boshqa turli tovarlar qatori Moʻgʻulistonga joʻnatgan. 1307-y. Qoraqurumda «buyuk xoqon (qoon) sayyor kotibiyati» tashkil etilishi natijasida «Tartib saqlash boshqarmasi» (syuanveysi) tugatilib, oʻrniga Qoraqurum oliy dorugʻasi qarorgohi taʼsis etilgan.


Lotin alifbosida maqola: TEMUR XOQON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YAPONIYA
AMIR TEMUR
TOSHKENT
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты