TEMUROV Rashid Mahmudovich

TEMUROV Rashid Mahmudovich (1912.18.1, Buxoro — 1991, Samarkand) — manzarachi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Samarkand badiiy bilim yurtida (1932— 36), Oʻzbekiston rassomlar uyushmasining rassomlar malakasini oshirish kursida (1938—41) taʼlim olgan. Temurov yorqin ranglardan keng foydalanadi; rang surtmalari va shakllari yaxlit va yirik holda olinadi. Asarlarida Oʻzbekistonning goʻzal tabiatini nozik boʻyoqlarda gavdalantiradi, mehnatkash xalqni, qad. shaharlarini asarlariga koʻchiradi: «Eski shahar» (1936), «Toshkent chekkasida» (1939), «Kanal qurilishida» (1940), «Samarqand bogʻlari» (1951), «Ulugʻbek madrasasi. Bahor» (1957), «Bibixonim maydoni. Bahor» (1958), «Gullagan daraxt» (1962), «Tushki tanaffus» (1971), «Mening shaxrim» asarlar turkumi (1969 — 80), «Samarqand syuitasi» (1982) va b. T. ning Samarqanddagi ustaxonasida muzey ustaxona ishlab turibdi.


Lotin alifbosida maqola: TEMUROV Rashid Mahmudovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
YAPONIYA
SAMARQAND
ULUGʻBEK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты