ULYANOVSK

ULYANOVSK (1780-y. gacha — Sinbirsk, 1924-y. gacha — Simbirsk) — RF Ulyanovsk viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Volga va Sviyaga daryolari boʻyida. T. y. chorrahasi. Daryo porti (Kuybishev suv ombori). Aeroport bor. Aholisi 636 ming kishi (2002). Shahar 1648-y. da Sinbirsk istehkomi sifatida vujudga kelgan. 18-a. boshlaridan Kozon gubernyasida. 1780-y. da Simbirsk noibligiga asos solingan. 1796-y. dan gubernya shahri. 19-a. da Volga boʻyidagi don, baliq, qoramol, yogʻochtaxta savdosi markazlaridan boʻlib qoldi. Oziq-ovqat sanoati rivojlandi. Mashinasozlik va metallsozlik (aviatsiya sanoat majmui, «Avto UA Z» i. ch. birlashmasi; motor, ogʻir va unikal stanoklar, «Kontaktor» va b. zavodlar), qurilish materiallari i. ch., kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy muzeylar, I. A. Goncharov tarixiymemorial muzeyi; tarixiymemorial qoʻriqxona bor. Meʼmoriy yodgorliklardan: gimnaziya (18-a.), Lenin memoriali binosi (1967—70) mavjud. V. I. Ulyanov (Lenin) nomiga qoʻyilgan (Simbirskda tugʻilgan).


Lotin alifbosida maqola: ULYANOVSK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты