UMAVIYLAR

UMAVIYLAR — Yaqin va Oʻrta Sharq, Movarounnahrda xukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi (661 — 750), arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urugʻidan kelib chiqishgan. Asoschisi — Muoviya I. U. davrida arablar gʻarbda Shim. Afrika, Pirenei ya. o. ning katta kismi, sharkda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr, Sind va b. hududlarni bosib olishgan. Muoviya 1 (661—680) va Abdulmalik davrida (685—705) davlatning harbiy, siyosiy, iqtisodiy qudratini oshiruvchi bir qancha maʼmuriy va harbiy islohotlar oʻtkazilgan. Xususan, xalifa lavozimi nasliy boʻlib qolgan, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etilgan, arab tili davlat tili deb eʼlon qilingan, yangi (oltin, kumush va mis) pul chiqarilgan, harbiydengiz floti tashkil etilgan. Umaviylar poytaxtni Damashq sh. ga koʻchirganlar, shu tufayli bu xalifalikni Damashq xalifaligi deb ham atashadi. Umaviylar davrida koʻplab qoʻzgʻolonlar (736—737-y. Oʻrta Osiyodagi Xoris ibn Surayj, 731—740-y. larda Marokashdagi barbarlar qoʻzgʻoloni, 742-y. Magʻribda xorijiylar qoʻzgʻoloni va b.) boʻlgan. 747—750-y. lardagi Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida xalifa Marvon II taxtdan tushgan, hokimiyat abbosiylar qoʻliga oʻtgan. Umaviylar hukmdorlari: Muoviya I (661 — 680), Yazid I (680—683), Muoviya II (683684), Marvon I (684685), Abdulmalik (685—705), Valid (705—715), Sulaymon (715717), Umar (717720), Yazid II (720724), Hishom (724743), Valid II (743744), Yazid III (744), Ibroxim (744), Marvon II (744—750).


Lotin alifbosida maqola: UMAVIYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
TEMURIYLAR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты