UMANSKIY Zinoviy Markovich (1906.28.1, Litin sh., Ukraina — 1985, Toshkent) — provizor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967); farmatsevtika fanlari d-ri (1948). Vinnitsa farmatsevtika in-tini tugatgan (1929). Kiyev farmatsevtika inti aspiranta, ayni vaqtda shu int analitik kimyo kafedrasida assistent, anorganik kimyo kafedrasida dotsent (1932—35). Dnepropetrovsk farmatsevtika inti farmatsevtik kimyo kafedrasida dotsent (1936—39), Leningrad kimyo farmatsevtika i. t. institutining analitika boʻlimi rahbari (1939—41). 1941-y. dan Toshkent farmatsevtika inti dorilar texnologiyasi va galen preparatlari kafedrasining tashkilotchisi va mudiri hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish inti farmatsevtika kafedrasi mudiri (1959—66). Ilmiy ishlari tibbiyotfarmatsevtika sanoati mahsulotlarining texnik sharoiti va farmakopeya standartlarini oʻrganishga oid.