TENOR

TENOR (lot. tenor — ovozning tekis xarakati) — 1) oʻrta asr Yevropa cherkov (grigorian) xoraljal ohang rivojidagi asosiy, uzoq ushlab turiladigan parda (nomi shundan). Keyinchalik, koʻp ovozli asarlarda asosiy ovoz (partiya) nomi;

2) erkak xonandaning baland (ingichka) ovozi. Diapazoni s—s2. Lirik (Faust, Lenskiy) va dramatik (Xoze, German va b.) turlari bulib, birinchisining yukrri registri kuchli, kuyni ohangdor, yengil harakatda namoyish etadi; dramatik Tenor esa nisbatan yoʻgʻonroq, har bir tovushga yorqin tembr va badiiy taʼsirli ifoda beradi. Opera ijrochiligida xarakterli (Trike — «Yevgeniy Onegin»), qahramonona (Zigmund — «Valkiriya»), lirikdramatik (Otello), T. —altino (Munajjim, «Oltin xoʻrozcha gʻaqida ertak») kabi turlari ham ajratiladi. Oʻzbekistonda S. Yarashev, F. Abdurahmonov, A. Azimov, I. Jalilov, K. Serjanov va b. T. ovoziga ega;

3) mispuflama musiqa cholgʻu asbobi. Puflama sozlar orkestrida asosiy sozlardan;

4) oʻzga musiqa sozlarining Tenor turlari (saksofon q T., T. q trombon va b.).


Lotin alifbosida maqola: TENOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
YAPONIYA
ROSSIYA
FRANSIYA
XONANDA OVOZI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты