UMID NEFT-GAZ-KONDENSAT KONI

UMID NEFT-GAZ-KONDENSAT KONI — Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi kon, Qarshi sh. dan 125 km gʻarbda. 1976-y. da ochilgan, 1989-y. dan foydalanishga topshirilgan. Kon maydonining bal. 250—303 m. U. n. g. k. k. Chorjoʻy tektonik pogʻonasining jan. sharqiy qismida, Dengizkoʻl koʻtarilmasining Kushob egilmasi bilan tutashgan joyida joylashgan. Konning geologik tuzilishida tuz usti, tuz osti va rif osti struktura qavatlari ajratiladi. Jami 18 ta quduq qazilgan, mezozoy va kaynozoy erasi yotqiziqlari ochilgan. Yura davri yotqiziklari mahsuldor boʻlib terrigen, karbonat va tuzangidrit jinslaridan tarkib topgan. Tuzangidritli qatlam regional qopqoq vazifasini oʻtaydi. Sanoat miqyosidagi neft va gaz yuqori yura davrining ohaktoshli gorizontlarida (2503—2629 m chuqurlikda) uchraydi. 15R gorizontidagi jinslar tuzilishiga koʻra rif va rif oraligʻi zonalariga boʻlinadi. Rif zonasi, asosan, rif genezisli gʻovakli ohaktoshlardan tuzilgan. Geologik kesim (gorizontning umumiy qalinligi 168 m) 80—100% kollektordan iborat. Gaz uyumi massiv koʻrinishda boʻlib, unda neft hoshiyasi mavjud. Gaz uyumining uz. 8 km, eni 3,6 km, bal. 110— 125 m. Neft uyumining uz. 8,4 km, eni 3,9 km, bal. 10—12 m. Kondagi gaz quruq, metanli, kam oltingugurtli. Tarkibida metan, propan, izobutan, moʻtadil butan, izopentan, karbonat angidrid gazi, vodorod sulfid, azot va geliy mavjud. Kondagi neft ogʻir, kam oltingugurtli, yuqori smolali, parafinli, kam benzinli, asfaltenlar miqdori kam. Kondensatlar zichligi 0,78 g/sm3, yuqori oltingugurtli kam parafinli. Asfalten va smola uchramaydi. Faqat benzin fraksiyasidan iborat. Yuqori yura davrining karbonatli mahsuldor jinslaridagi qatlam suvlari xlorkalsiyli tipga mansub boʻlib, minerallashganligi 91 — 106 g/l. Kimyoviy tarkibi: xlor, sulfat, gidrokarbonatdan iborat. Mikrokomponentlardan: yod, brom, ammoniy boʻlib, suvdan yod, brom hamda nodir elementlar (litiy, rubidiy, stronsiy)ni sanoat miqyosida ajratib olish mumkin. Kondan hoz. kunda foydalanilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: UMID NEFT-GAZ-KONDENSAT KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QASHQADARYO VILOYATI
SARDOB NEFT-GAZ KONDENSAT KONI
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты