UMIRBEK LAQQI

UMIRBEK LAQQI — qoraqalpoq xalq latifalarining qahramoni. Umirbek 19-a. ning ya2rmida oʻtgan tarixiy shaxe boʻlib, Chimboy sh. yaqinidagi ovulda yashagan. «Laqqi» uning xalq qoʻygan laqabi. Qoraqalpoq xalqining ogʻir qismati 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida yaratila boshlagan dostonlarda va Umirbek nomi bilan bogʻliq latifalarda oʻz aksini topgan. Bu latifalarda hazilkashlik, topqirlik, baʼzan esa hiylakorlikni ifodalovchi hangomalar Umirbek laqqi nomidan hikoya qilinadi. Uning nomi bilan bogʻliq latifalar «Qoraqalpoq xalq afsonalari ham latifalari» toʻplamida bosilib chiqqan (1962). Rus tilida «Anekdotы Omirbeka» («Umirbek latifalari») toʻplami nashr etilgan (1977). «Ogonyok», «Krokodil», «Mushtum» va b. jur. larda bunday latifalardan namunalar berib borilgan. Nukus drama teatrida «Umirbek laqqi» komediyasi sahnalashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: UMIRBEK LAQQI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
ROSSIYA
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты