TEPLOVOZ

TEPLOVOZ — ichki yonuv dvigateli (dizel) oʻrnatilgan tortuvchi kuch mashinasi; lokomotiv. Issiklik dvigatelidan t. y. da foydalanish yuyasi 19-a. oxirlarida oʻrtaga tashlangan. 20-a. 20-y. larigacha Teplovozning bir necha turi yaratildi. Korxona ichida yuk tashishda ishlatiladigan avtodrezina, motovozlar dastlabki Teplovoz lardir. Birinchi T. Germaniyada 1912-y. sinab koʻrilgan. 1922-y. rus muhandisi A. N. Shelest Teplovozning mexanik uzatmasi konstruksiyasini yaratdi (lekin uning gʻoyasi 1950-y. Shvetsiyada amalga oshdi). SSSR da Ya. M. Gakkel konstruksiyasi boʻyicha dunyoda birinchi magistral Teplovoz 1924-y. yaratildi. Keyinchalik Teplovoz konstruksiyasi takomillashtirib borildi. 1932-y. birinchi magistral elektrovoz yasaldi.

Teplovozning asosiy qismlari: dvigatel, kuch qurilmasi, ekipaj qismi, yordamchi jihozlar. Mashina boʻlimiga oʻrnatilgan dvigatel yonilgʻi (dizel yonilgʻisi)ning issiklik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uni mexanik, gidravlik yoki elektr kuch qurilmasi orqali gʻildirak juftlariga uzatadi.

Elektr kuch qurilmali Teplovoz eng koʻp tarqaldi. Bunda asosiy dvigatelning tirsakli vali bosh elektr generator yakorini, tishli uzatma orqali esa gʻildirak juftlarini aylantiradi. Teplovozning magistral (yuk va yoʻlovchilar uchun moʻljallangan) va manyovrchi (vagonlarni saralash va poyezdlar tuzish uchun moʻljallangan) xillari bor. Magistral Teplovozlar dvigatelining quvvati 6000 kVt gacha, tezligi 160 km/soat ga yetadi, manyovr T. larining quvvati 300—1000 kVt. Dvigatelning quvvatiga qarab, 6—20 silindr 1—2 qator yoki Vsimon qilib joylashtiriladi. Porshen yulining silindr diametriga nisbati 0,9—1,4. T. dvigetalining ishi aylanish chastotasi va kuvvat rostlagichlari hamda suv, moy trasi rostlagichlari yordamida avtomatlashtiriladi. Ekipaj qismi asosiy rama, gʻildirak juftlari, buksa (gupchak) va ressorali osmalar oʻrnatiladigan ikki, uch yoki toʻrt oʻqli telejkalardan iborat. Mashina qismida dvigateldan tashqari asosiy generator, kompressor, akkumulyatorlar batareyasi, filtr va b. joylashtiriladi. Teplovoz bir, ikki, uch va turt seksiyali (kuzovli) boʻladi. Barcha seksiyalar birinchi seksiyadagi pultdan boshqariladi. Parovoz T. ning oʻtmishdoshi, elektrovoz uning istiqboli. Hozir t. y. da, asosan, Teplovoz va elektrovozdan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TEPLOVOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICHKI YONUV DVIGATELI
ROSSIYA
DVIGATEL
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты