TERAKLISOY RASMLARI

TERAKLISOY RASMLARI — Chatqol togʻ tizmasi (Teraklisoy qirgʻoqlari)dagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar. Toshkent viloyati Parkent tumani hududida. 1963-y. da geolog A. Agaponov va Chatqol togʻoʻrmon qoʻriqxonasi direktoriT. Yesipovlartopgan. 1966-y. da A. Kabirov tomonidan oʻrganilgan. Teraklisoy rasmlari oddiy chiziklar, shakl koʻrinishi, soya uslubida urib—choʻkichlab ishlangan: odam, arxar, togʻ echkisi, boʻri. ilon, gʻildirak shaklidagi quyosh, oʻqyoy va b. buyumlar tasviri bor; alohida yakka hamda koʻp shaklli — ov, raqs va liniy marosimlar ijrosi bilan bogʻliq manzaralar tasvirlangan. Teraklisoy rasmlarining asosiy qismi mil. av. 1ming yillikning 2yarmida yaratilgan, aksariyati nafis hamda odam va hayvonlar aʼzolari bir-biriga mutanosib qilib ishlangan. Teraklisoy rasmlari sanʼat obidasi sifatida qad. togʻliklar hayoti, madaniyati, eʼtiqodi, urfodatlari va b. ni oʻrganishda qimmatli manbadir.


Lotin alifbosida maqola: TERAKLISOY RASMLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
YER
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты