TERAPIYA

TERAPIYA (yun. therapeia — davolash) — 1) konservativ usullar: doridarmonlar (farmakoterapiya), antibakterial (kimyoterapiya, antibiotikoterapiya) va gormonal moddalar; zardob va vaksinalar, turli ionlovchi nurlar (nur bilan davolash); iqlim, balchiq, mineral suvlar, massaj, elektr toki va b. fizik omillar (sanatoriy va kurortlarda davolash, fizioterapiya, shifobaxsh fizkultura; parhez va b. yoʻllar) bilan davolash;

2) ichki kasalliklar tibbiyoti, ichki kasalliklar klinikasi, ichki azolar kasalliklari, ularning paydo boʻlish sabablari (etiologiya), rivojlanish mexanizmlari (patogenez), kasallikni aniqlash (diagnostika), davolash va oldini olish usullarini oʻrganuvchi klinik fan.

Yunoniston, Qad. Rim, Sharqning Uygʻonish davrida Sharq va Yevropaning buyuk vrachlari (Gippokrat, Galen, Ibn Sino, a. rRoziy, Paratsels va b.) ilk bor tibbiyotda muhim ilmiy sistemalar va yoʻnalishlarni asoslab berdi. 17-a. da ingliz vrachi Sidenxem Gippokratning bemorni vrach qarovida kuzatish taomiliga asoslanib, kasallik jarayoni bosqichlari haqidagi tushunchani shakllantirdi va koʻpchilik kasallik belgilarini tavsifladi. Ilmiy anatomiyaning asoschisi A. Vezaliynish ishlari, U. Garveyning qon aylanishini kashf etishi, patologik anatomiya sohasida erishilgan yutuqlar, bemorni soʻrash (M. Ya. Mudrov, G. A. Zaxarin), tanani barmoq bilan urib koʻrish, paypaslash, eshitish kabi usullarning qoʻllanilishi hamda kasallikni aniqlashda eksperimental usullardan foydalanish Terapiyaning tibbiyilmiy fan sifatida rivojlanishiga zamin boʻldi.

Terapiya 19-a. gacha tibbiyot bilan bogʻliq holda rivojlandi. Rentgen nurlarining kashf etil i sh i, rentgenodiagnostikannng kuchayishi, elektrokardiografiya va arterial bosimni oʻlchash usulini amalda tatbiq etish Terapiyaning yanada rivojlanishiga olib keldi. Kime fanining oʻsishi Terapiyada turli lab. tekshiruvi usullaridan diagnostikada foydalanish hamda turli doridarmonlar ishlab chiqarish. imkonini berdi. Mikrobiologiya va immunologiya sohasidagi yutukdar vaksina va zardoblarni davoprofilaktika maqsadida qoʻllashga, serodiagnostikanknt vujudga kelishiga sabab boʻldi.

Tibbiyotning taraqqiyoti natijasida 19-a. ga kelib, dermatologiya, nevropatologiya, gematologiya, endokrinologiya, keyinchalik yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va b. mustaqil fan sifatida Terapiyadan ajralib chikdi.

Patologiya xarakterining oʻzgarishi, klinik fanlarning boʻlinishi, diagnostikada lab. va instrumental usullarning keng joriy etilishi va b. zamonaviy Terapiyaning muxim masalalaridan boʻlib qolmoqda.

Terapiyaning tarmoklanishi (mas., xirurgiya, urologiya, fiziologiya, eksperimental patologiya va b.) kardiologiya, gastroenterologiya, nefrologiya, fizioterapiya va h. k. fanlarning ham mustaqil ilmiy soha sifatida ajralishiga olib keldi.

Terapiya sogʻliqni sakdash tamoyillariga va oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotga asoslanadi. Oʻzbekistonda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari —1 va 2Toshkent tibbiyot intlari, Samarqand tibbiyot inti, Andijon tibbiyot inti, Buxoro tibbiyot inti, Toshkent tibbiyot pediatriya inti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish intida Terapiya kafedralari bor. Oʻzbekistonda Terapiya fanining shakllanishi Toshkentda ishlagan terapevt olimlar A. N. Kryukov, N. I. Ragoza, M. I. Slonim, I. A. Kassirskiy; rivojlanish tarixi esa A. A. Asqarov, N. I. Ismoilov, E. I. Otaxonov, ZM. Umidova, R. A. Katsenovich, K. B. Bahodirov, N. A. Mirzoyan, R. A. Abdullayev, K. gʻgʻ. Yoʻldoshev, A. M. Ubaydullayev, E. Gʻ. Qayumov, E. Y. Krsimov va b. nomi bilan bogʻliq.

Hoz. oʻzbek olimlari Oʻzbekistonning oʻziga xos iqlimi sharoitida turli kasalliklar, jumladan, meʼdaichak yoʻli, qalqonsimon bez, yuraktomir va nafas sistemasi, gipertoniya, ateroskleroz, stenokardiya, miokard infarkti, revmatizm kabi kasalliklarning qay tarzda kechishi, ularning oldini olish, davolash va organizmning funksional holatini tiklash, shuningdek, bu kasalliklarni zamonaviy tibbiyot apparatlari yordamida tekshirish, issiq iklimning yuraktomir sistemasiga taʼsiri, klinik endokrinologiyaning turli dolzarb muammolarini oʻrganish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda (yana q. Tibbiyot).


Lotin alifbosida maqola: TERAPIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
TIBBIYOT
UYGʻONISH DAVRI
BUYUK BRITANIYA
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты