TERVELXON

TERVELXON — Birinchi Bulgʻor podsholiginmng ikkinchi hukmdori (701 — 718). Asparux vafotidan keyin taxtga chiqqan. Dulo sulolasidan. 705-y. Vizantiyaning sobiq imperatori Yustinian II hokimiyatini tiklashga yordam bergan. Buning evaziga Yustinian II unga «qaysar» («kesar») unvonini va Zagora viloyatini bergan. 717—718-y. larda Tervelxon Vizantiya poytaxti Konstantinopolni qamal qilgan arablarni tormor keltirgan va bu bilan Vizantiyani ular xavfidan xalos etgan. Tervelxon davrida Bulgʻoriya qudratli davlat boʻlib, Vizantiya unga oʻlpon toʻlab turgan. Uning vafotidan keyin mamlakatda hokimiyat uchun urushjanjallar boshlanib ketgan.

Ad.: Kratkaya istoriya Bolgarii, M., 1987.


Lotin alifbosida maqola: TERVELXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VIZANTIYA
XITOY
TOSHKENT
AMIR TEMUR
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты