TERGACHI NEFT KONI

TERGACHI NEFT KONI — Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi kon. Namangan t. y. stansiyasidan 25—30 km shim. gʻarbda. Kondan 30 km masofada Tergachi—Namangan neftuzatgich quvuri oʻtadi. Kon maydoni Chatqol togʻ tizmasining togʻ oldi tekisligida, dengiz satx. idan 700—800 m balandlikda joylashgan. Tergachi neft koni Namangan tektonik pogʻonasidagi Tergachi burmasi bilan boglik. Tergachi burmasi braxiantiklinaldan iborat, shim. sharqdan jan. gʻarbga choʻzilgan, asimmetrik tuzilishga ega. Shim. kanoti tik (15—16°), jan. yassi (8 — 10°). Shim. va shim. sharqiy tomonlaridan koʻtarilmauzilma tipidagi koʻp sonli tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan. Jan. va shim. dagi yoriklar amplitudasi 30—45 m, markazdagisi 130—140 m ga yetadi. Konning neftli gorizontlari quyi neogen, paleogen va olay karbonat yotqiziklarida mujassamlashgan. Kdzilgan kuduklarning 21 tasidan neft olingan. Kizil rangli svitadagi neft ogʻir, parafinli, kam oltingugurtli, oksidlangan, metanneftenli tipga mansub. Baʼzi gorizont. lardagi neft yengil. Tarkibida oltingugurt, asfalten, koks, parafin, selikagelli smola, aksiz smolasi kam. Qizil rangli svita va ayrim gorizontlardagi qatlam suvlari namakob turiga mansub, minerallashganligi 78,6—143,1 g/l, kimyoviy tarkibiga koʻra xlorkalsiyli. Kondan hoz. kunda foydalanilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: TERGACHI NEFT KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
NAMANGAN VILOYATI
XITOY
TOSHKENT
POMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты