TEREK

TEREK — Shim. Kavkazdagi dare. Uz. 623 km. Havzasining mayd. 43,2 ming km2. Katta Kavkazning shim. yon bagridan boshlanadi; quyiroqda, Daryal darasida Yon tizmani kesib oʻtadi. Togʻlardan chiqqandan soʻng pasttekislik boʻylab oqib, Kaspiy dengiziga delta (mayd. 4000 km2) qosil qilib quyiladi. Kor, yomgʻir, sizot suvlaridan toʻyinadi. Qish mavsumida qisqa vaqt muzlaydi. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Asosiy irmoklari: chapda — Ardon, Urux, Malka (Baksan bilan birga); oʻngda — Sunja. Mozdok sh. dan yuqorirokda Terekdan Terek Kuma kanali boshlanadi. Togʻli qismida Terek va uning irmoklaridan elektr energiyasi olish uchun Baksan GES, Gizeldon GES va b. qurilgan. Daryo baliqqa boy. Terek vodiysidan Gruziya Harbiy yoʻlining bir qismi oʻtadi. Terek boʻyida Mozdok, Kizlyar (deltasida) sh. lari joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: TEREK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
TOSHKENT
SIRDARYO
AMUDARYO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты