TERI SILI

TERI SILI — organ izmdagi umumiy sil infeksiyasining bir shakli, aksariyat ikkilamchi sil kurinishida vujudga keladi. Hoz. kunda kam uchraydi. Teri silining sil volchankasi, skrofuloderma, soʻgalsimon teri sili, yarali teri sili, indurativ Bazen eritemasi kabi klinik xillari farq qilinadi. Sil volchankasi koʻp tarqalgan. Kasallikni sil tayoqchasi qoʻzgʻatadi. Tayoqcha teri shikastlanganda va koʻpincha oldin sil bilan kasallangan aʼzo va limfa tugunlaridan oʻtadi. 5—15 yoshdagi bolalar orasida keng tarqalgan. Sil yugurugining birlamchi morfologik elementi doʻmboqcha yoki lyupomadir, u yarimsharsimon, chegarasi aniq, nina uchiday yo undan sal kattaroq sargʻishqizil rangli yumshoq boʻladi, ogʻrimaydi. Yuzasi silliq, kulrangda tovlanib turadi, keyinchalik xuddi shu joylar pust tashlaydi. Vaqt oʻtishi bilan doʻmboqchalar kattalashadi va bir-biriga qoʻshilib ketadi. Ular baʼzan quruq bitib chandikli atrofiya bilan yakunlanadi. Ikkinchi xilida esa yaralar vujudga keladi. Teri sili oʻchoklari bemorning yuzi, burni, lablunji, quloq suprasi va b. da joylashadi. Bu sohalardagi doʻmboqchalar bemorni xunuk, juda badbashara qilib qoʻyadi.

Davosi. Teri sili xam silning bir koʻrinishi, shuningdek, u butun organizm kasalligi ekanligini hisobga olib, unga birinchi navbatda umumiy davo qilish zarur. Maxsus doridarmonlar bilan bir qatorda organizmning umumiy quvvati va immun karshiligini oshiradigan vositalardan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TERI SILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
LIMFA SISTEMASI
FRANSIYA
SIL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты