UMURTQALILAR

UMURTQALILAR, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) — xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hoz. zamon biosferasida muhim oʻrin tutadi. Umurtqalilar yuksak tuzilgan; oʻzgaruvchan yashash xususiyatiga ega. Ular okean suvining turli qatlamlarida, baland togʻlarda, choʻllarda va b. joylarda yashaydi. Barcha Umurtqalilar evolyutsiyasida ular tuzilishining bitta umumiy reja asosida rivojlanishi kuzatiladi. Bunday rivojlanish morfologik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari, xattixarakatlari hamda psixik faoliyati jihatidan takomillashgan formalar vujudga kelishiga olib kelgan. Umurtqalilarning qad. ajdodlari (bosh skeletsizlar, pardalilar) dengizda yashagan. Umurtqalilar dastlab chuchuk suvda paydo boʻlib, evolyutsiyaning dastlabki bosqichini oʻtgan. Ular evolyutsiyasi davomida birlamchi oʻq skelet — xorda oʻrniga dastlab togʻayli, keyinroq suyakli umurtqa pogʻonasi paydo boʻlgan. Natijada suv oqimiga qarshi xarakatlana oladigan kuchli muskulatura uchun pishiq va elastik tayanch skelet vujudga kelgan. Umurtqalilarning suvdan quruqlikda yashashga oʻtishi bilan ular organizmida muhim oʻzgarishlar yuz bergan. Harakat organlarining faol ishlashi uchun ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish, sezgi organlari va markaziy nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi (ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach, oshqozon, ichaklar)ning turli qismlaridan fermentlar ajralib, ovqatni uzluksiz parchalash imkoniyati tugʻilgan; jigar organizmda muhim kimyoviy «laboratoriya» vazifasini bajargan. Umurtqalilar yuragi boʻlmacha va qorinchadan iborat. Qon aylanish sistemasi yopiq. Jabra yoki oʻpka orqali nafas oladi. Qadimgi Umurtqalilarning chuchuk suvda yashashga oʻtishi bilan suvtuz almashinuvi birlamchi buyrak — mezonefros oʻrniga amiotalarda ikkilamchi buyrak — metanefros paydo boʻlgan. Metabolizmning gormonal boshqarilishi murakkablashgan. Umurtqalilarning nerv sistemasi va sezgi organlari ishi rivojlangan. Baʼzilarida elektr va magnit sezuvchi organlar ham bor. U., odatda, ayrim jinsli, birok, germafroditizm ham uchrab turadi. Tuban Umurtqalilar tuxum qoʻyib, koʻpchiligi tirik bola tugʻib koʻpayadi. Yuksak Umurtqalilar nasliga gʻamxoʻrlik qiladi. Eng qadimgi Umurtqalilar qoldiklari ordovik davri chuchuk suv xavzalari yotqiziqlaridan topilgan. Sudralib yuruvchilar mezozoyda juda keng tarqalgan. Ulardan sut emizuvchilar va kushlar paydo boʻlgan. Hozir Umurtqalilarning 40—45 ming turi mavjud boʻlib, 7 sinf (toʻgarak ogʻizlilar, togʻayli baliklar, suyakli baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar)ga boʻlinadi.

Umurtqalilar odam hayotida juda katta ahamiyatga ega. Bir qancha Umurtqalilar yuqumli kasalliklar (ulat, tulyaremiya, quturish, ensefalit va b.) qoʻzgʻatuvchilarini tashuvchi hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: UMURTQALILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
TOSHKENT
XITOY
UMURTQA POGʻONASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты