TERLASH

TERLASH, ter chiqishi — organizmni sovitadigan fiziologik mexanizmlarning biri. Terlashda suvtuz balansi saklanadi (q. Moddalar almashinuvi) va teri yuzasidan ter ajraladi. Terlash uzluksiz, asosan, reflektor tarzda boʻladi. Terlash refleksi retseptorlari teri, shilliq pardalar va muskullarda, Terlash markazi bosh miya, gipotalamus, uzunchoq va orqa miyada joylashgan. Termoregulyatsiyaaa, ayniqsa, yuqori haroratda ogʻir mehnat qilinganda, Terlashning ahamiyati katta. Havo trasi yuqori boʻlganda Terlash organizmni issikdab ketishdan sakdaydi. Odam tinch turganida t-ra normal boʻlganda Terlash bilinmaydi, lekin teridan suvning bugʻlanishi va Terlash x,isobiga sezilmaydigan darajada namlikning yoʻqolishi kuzatiladi (organizm bir kechakunduzda oʻrta hisobda 500 ml ga yaqin suv yoʻqotadi). Atrof muhitning trasi koʻtarilishi bilan ter bezlari va b. bezlar faoliyatining kuchayishi hisobiga odam koʻp terlaydi. Mas., 50° dan yuqori trada 1 soatda 2 l gacha ter ajraladi. Yuqori t-ra sharoitida organizmdagi suv zaxirasining oʻrni toʻldirilmasa ham suv ter bilan ajralaveradi. Bu esa organizmning suvsizlanishiga va koʻpchilik fiziologik funksiyalar (nafas olish, qon aylanishi va b.) ning buzilishiga olib keladi. Uzoq vakt yuqori traning taʼsir etishi va unga oʻrganish Terlashni kamaytiradi. Shuning uchun issiq mamlakatlarda yashovchi kishilar terisi yuqori trada ham quruq boʻladi. Terlash koʻp miqdorda issiq va achchiq ovqat isteʼmol qilinganda, suv ichilganda, jismoniy zoʻriqqanda, isitma koʻtarilganda, qayajonlanganda va b. holatlarda kuchayadi. Kishi hayajonlanganda (mas., qoʻrqqanda) kaft, oyoq tagi terlaydi, shuningdek, peshonadan va gavdaning boshka joylaridan ter chiqadi. Baʼzi odamlar koʻp terlaydi. Bunday kishilar, albatta, vrachga murojaat etishlari kerak. Hech qanday sababsiz Terlash biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: TERLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
TOSHKENT
BOSH MIYA
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты