TERMA

TERMA — xalq qoʻshiqlari turi. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, uygʻur, qirgʻiz folklorida keng tarqalgan. Paydo boʻlish davriga koʻra anʼanaviy va zamonaviy turlarga boʻlinadi. Ikki asosiy koʻrinishi mavjud. Birinchisi — shoirbaxshilar tomonidan maxsus «tomoq» usulida («ichki ovoz» uslubida) aytiladigan, nisbatan rivojlangan, ritmoʻlchov jihatidan maʼlum erkinlikka ega epik mavzuli T. Ikkinchisi — shoirbaxshilar bilan birga xalq qoʻshiqchilari (mas., qozoqlarda — «termeshi») tomonidan ijro etiladigan, turli (nasihatomuz, lirik, hazil va b.) mazmunda, tor hajmli, ritmoʻlchov jihatidan aniq kuylardan iborat, muayyan darajada kuychanlikka ega T. Har ikkala turining sheʼriy asosini 7—8 va, baʼzida, 5 boʻgʻinli misralardan iborat barmoq vaznidagi xalq sheʼrlari tashkil etadi. Koʻp boʻgʻinli misrali sheʼrlar esa maydaroq (7Q4 yoki 3Q5Q3 kabi) turoklarga boʻlinadi. Terma larniig sheʼriy boʻlinishi kuylarning tuzilishida ham oʻz aksini topadi: kuy boʻlak (oxang)larining oʻzaro nisbatlari (soni, hajmi) sheʼriy matni qurilishi (mas., turoqlar soni va gʻajmi) ni qaytaradi. Termada ohangdorlik bilan rechitativ xususiyatlari qorishib ketgan. Odob va axloq, oshiqmaʼshuqlar toʻgʻrisida, soʻz va soz taʼrifi haqida («Doʻmbiram», «Qoʻbizim» kabi) qator Tlar yaratilgan. Doston T. lari 50—150 misra atrofida boʻladi. «Kunlarim» anʼanaviy Termasi Goʻroʻgʻlining epik biografiyasidan iborat. Bunday Termalar Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Abdulla shoir, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Madraim Shaman oʻgʻli va b. ning «Kunlarim», Islom shoirnint «Baxtiyor avlodlarga» kabi avtobiografik liroepik asarlarining yaratilishiga asos boʻldi. Baxshilar tomonidan ayrim Termalar dostonlar tarkibiga singdirib yuborilganidek, dostonlarning baʼzi sheʼriy parchalari ham Termalar sifatida kuylangan. Termalar baxshi va xalfalar tomonidan hozir ham kuylanib, ularning yangiyangi namunalari yaratilmoqda.

Ad.: Karomatov N., Oʻzbekxalqi musiqa merosi (20-a. da). Terma, lapar, yalla, 2kitob, Terma, 1985.

Olimjon Bekov.


Lotin alifbosida maqola: TERMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
QOZOGʻISTON
XALQ IJODI
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты