TERMAL SUVLAR

TERMAL SUVLAR (frans. therma iliq, yun. therme — iliq, issiq) — Yer poʻstidagi yuqori trali (20° va undan ortiq) yer osti suvlari. 20° trali izotermalar koʻp yillab toʻngib yotgan hududlarda 1500—2000 m dan, subtropiklarda 400 m va undan kamroq chuqurlikda, tropiklarda esa yuzada boʻladi. Artezian havzalarda 2000—3000 m li burgʻi quduqlari yordamida 70—100° va undan yuqori trali issiq suvlar ochilmoqda. Togʻlar (mas., Alp, Kavkaz, Tyanshan va Pomir togʻlari)da Termal suvlar issiq buloqlar (trasi 50—90°), harakatdagi vulkanli rnlarda geyzerlar, qaynoq suv va bugʻ aralashmalari (trasi 150 — 200°) holida namoyon boʻladi. Kimyoviy, gaz tarkibi va minerallashuviga koʻra — chuchuk va shoʻrroq gidrokarbonatli, natriyli, azotli, karbonat angidridli va vodorod sulfidli, shoʻr va namakob xloridli, natriyli va kalsiynatriyli, azotmetanli va metanli, ayrim joylarda vodorod sulfidli suvlar mavjud (q. Mineral suvlar). T. ye. dan qadimdanoq davolash maqsadlarida, kurortlarda, shuningdek, texnik maqsadlarda hamda uyjoy va ishlab chiqarish. binolarini, issiqxonalarni isitishda va b. da keng foydalaniladi. Termal suvlar mavjud boʻlgan joylarda elektr styalar qurilgan. Toshkentda qisqa muddat Termal suvlardan maishiy xizmatlar, Qoplonbekda issiqxonalarni isitish maqsadlarida foydalanildi. Foydalaniladigan zaxirasining cheklanganligi, xususan, Termal suvlar yening davo xususiyatlari va sifatli taʼmi uchun Toshkent T. s. dan hozirda faqat balneologik va isteʼmol maqsadlarida foydalaniladi. Issiklik bilan taʼminlashda Termal suvlar kucheiz termal (20—50°), termal (50—75°), yuqori termal (75 — 100°) suvlarga boʻlinadi (yana q. Yer osti suvlari).

Oʻzbekistonda ilk marotaba Oltinsoy T. ye. koni foydalanish zaxirasini hisobga olgan holda (issiqxona xoʻjaliklarini isitish uchun) razvedka kilingan. Mazkur Termal suvlar manbai Navoiy viloyati Xatirchi tumani hududidagi Oqtovning jan. yon bagʻrida joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: TERMAL SUVLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
ROSSIYA
YER OSTI SUVLARI
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты