UNGUT, oʻn gut — xalq. Ilk oʻrta asrlarda Moʻgʻulistonning jan. tumanlarida, Xitoyning shim. chegaralarida yashagan. Ularning umumiy soni 13a. da 20 ming kishiga yaqin (4 ming uy) boʻlgan. Rashiduddinimt bergan maʼlumotiga kura, Ungutlar turkiy xalklardan boʻlib, keyinchalik moʻgʻullashib ketgan. Moʻgʻul qoʻshinlari tarkibida 13a. da Oʻrta Osiyo yerlariga kelib oʻrnashganlar. Davr oʻtishi bilan esa, mahalliy xalklar tarkibiga qoʻshilib, oʻz etnik nomlarini unutishgan.