TERMIZ

TERMIZ — Surxondaryo viloyatidagn shahar. Viloyat markazi. Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning jan. qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Termiz stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Mayd. 27,8 km2. Aholisi 119,6 ming kishi (2004). Iklimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar — eng yuqori t-ra 49,5°, 1914-y. 21-iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha t-ra 16—18°. Yanv. ning oʻrtacha trasi 2,8—3,6, iyulniki 28—32°. Baʼzida, qishda sovuq — 20° va undan ham past boʻladi. Yillik yogʻin 133 mm.

Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan maʼlumotlar Termizning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, jan. ni shimol bilan bogʻlovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yoʻlinint muhim bir tarmogʻi ham Termiz orqali oʻtgan.

Qad. Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻxna Termizning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga mil. av. 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. T. Sugʻdiyona, Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan.

Mil. av. 4—3-a. larda 10 ga maydonni egallagan Termizning qad. qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi «Taramastxa» (baqtriycha «narigi sohildagi manzil») soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 10-a. dan Termiz deb atala boshlagan.

Termiz mil. av. 3—2-a. larga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu davrlarda shaharda meʼmorlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.

Termiz shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Termiz hududiy jihatdan kengayib, Shim. Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid meʼmorlik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari kabi topilmalarning koʻplab qayd qilinishi buning dalilidir. Mas., Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari (fil va hoʻkizzebu shaklida) xrz. kunda yer yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat donalari (mil. 2-a.) xisoblanadi. Oʻsha davrda T. Kushonlar davlatining muhim shahri va buddizmnint markazlaridan biri boʻlgan.

Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. Oʻsha davrda T. Termizshoxlar hokimligining poytaxti boʻlib turgan. Arablar bosib olgan davrda (686—704) Termiz 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, toʻrtburchak shaklidagi qalʼadan iborat boʻlgan. 10-a. da yozilgan «Hudud ulOlam» asarida Termiz «Jayxun boʻyidagi kurkam va obod shahar. Qalʼasi daryo boʻyida, ulkan bozori mashhur, Xuttalon va Chagʻoniyon axdi shu yerda savdo qiladi», deb taʼriflangan.

10—12-a. boshlarida Termiz ravnaqtopgan. Toxaristonning yirik shahri, hunarmandchilik va savdo markaziga aylangan. Bu davrda Termiz hududi 500 ga dan optik, maydonni egallagan. Shaharda bir qancha mahobatli binolar barpo etilgan. Shulardan Eski shahar qismida Termizshoxlar saroyi saklanib qolgan.

Shaharda temirchilik, shishasozlik, kulolchilik rivojlangan. Termizda tayyorlangan hunarmandchilik buyumlariga talab yuqori boʻlgan. Shaharda oʻnlab karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. Oʻsha davrda Termiz yirik madaniyat va ilmfan markazi sifatida ham nom qozongan. Termizlik olimuulamolar oʻrta asr Sharqining fan, madaniyat va maʼrifatiga oʻz hissasini qoʻshgan.

Termiz vaqtvaqti bilan Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlari tarkibida boʻlgan. 1220-y. da Termiz moʻgʻullar tomonidan vayron qilib tashlangan. Sharafudsin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida qayd qilinishicha, Termiz aholisi moʻgʻullarga qattik, qarshilik koʻrsatgan va shu bois shahar «Madinat urrijol» («Mardlar shahri») deb ham atalgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng, 14-a. da T. Surxondaryo sohiliga yaqin joyda yangidan qad. koʻtardi. Shahar oʻz oʻrnini bir necha bor oʻzgartirsada, asrlar davomida oʻz nomini Tarmita, AntioxiyaTarmita, Tarmiz, Tirmiz, Termiz koʻrinishlarida saklab kelgan.

Amir Temur Movarounnahrni egallagach (1370), T. Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407-y. da Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi Termiz qalʼasi qayta tiklandi. Koʻp oʻtmay oʻz tangalarini zarb etadigan katta shaharga aylandi. 1504—05 y. larda shaharni Shayboniyxon egalladi. Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida boʻlib, 18-a. ning 2yarmida shahar oʻzaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan. Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloklari saklanib qolgan.

1894-y. Term iz xarobalaridan 8 km narida joylashgan Pattakesar qishlogʻida ruslarning mahalliy aholi tomonidan «Tuproqqoʻrgʻon» deb nomlangan qalʼa istehkomi qurilgan. Xoz. Termiz shu Tuproqqoʻrgʻon atrofida bunyod etilgan. 1916-y. Buxoro—Qarshi—Termiz t. y. qurilish munosabati bilan Termizning iqtisodiy mavqei oʻsdi.

Oʻzbekistonni qoʻshni Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston va b. davlatlar bilan bogʻlovchi yoʻl Termiz orqali oʻtishi shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻrin egallaydi.

Termizda dastlabki arxeologik qazishma ishlari B. P. Denike (1926—27), M. Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936—38) tomonidan olib borilgan. Eski Termizda arxeologik qazishma ishlari keyinchalik Sh. Pidayev, T. Annayev tomonidan davom ettirilib, shahar tarixi yanada oydinlashtirildi.

1933-y. da Termizda birgina paxta tozalash zdi va yana bir necha ustaxonalar boʻlgan. Keyinchalik va ayniqsa, mustaqillik yillarida, sanoat, qurilish, yengil, oziqovqat va b. korxonalar ishga tushdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yaxshilandi. Shaharda yangi t. y. vokzali qurildi. Amfiteatr, arxeologiya muzeyi, sanʼat kolleji, akademik litsey, tadbirkorlar markazi, markaziy stadion, «Delfin» suzish havzasi, kurash saroyi, tennis korti, «Alpomish» majmuasi, markaziy bozor, «Termizning 2500-yilligi» nomli xiyobon bor; shoshilinch tibbiy markaz qurilib ishga tushirildi.

Termizda jami 2500 dan ziyod korxona boʻlib, mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalar, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalardir. Paxta tozalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish., yengil va oziq-ovqat sanoati muhim oʻrin tutadi.

Termizda unt, 8 ta kollej (sanʼat, iktisod, ijtimoiyiqtisodiy, ped., tibbiyot, bank ishi, maishiy xizmat koʻrsatish, oziq-ovqat sanoati kollejlari) bor. Akad. va fizikamat, litseylari faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yilida shaharda 16 umumiy taʼlim, 2 tayanch, 1 boshlangʻich maktablari ishladi.

Oʻquvchilar saroyi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Hakim atTermiziy meʼmoriy majmuasidagi «Meros» tarmoq muzeyi bor. OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan Termizning 2500-yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bogʻi bor (q. Termiz hayvonot bogʻi).

Termizda 18 gazeta chiqariladi, 3 telestudiya eshittirishlar olib boradi. Shahar markaziy kasalxonasi (165 oʻrin), yuqumli kasalliklar kasalxonasi (130 oʻrin), bolalar va kattalar, tish davolash poliklinikalari, shahar bolalar sanatoriybogʻchasi va b. tibbiy muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin oʻrta tibbiy xodim xizmat kiladi. Undan tashqari, viloyatga karashli 3 ta kasalxona, viloyat tugʻruqxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, bolalar kasalxonasi, onkologiya, koʻz kasalliklari kasalxonalari, endokrinologiya, sil kasalliklari, teritanosil kasalliklari, narkologiya, asab kasalliklari dispanserlari, «Ona va bola» va «Reproduktiv salomatlik» markazlari, viloyat qon quyish markazi faoliyat koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida, mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Termizda islom dini arboblaridan Hakim atTermiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi olimlar yashab oʻtishgan. Termizda 1999-y. da Alpomish dostonining 1000-yilligi, 2002-y. da xalqaro miqyosda Termizning 2500-yillik yubileyi oʻtkaziddi.

Ad.: Rtveladze E., Aminov M., Surxondaryo, Termiz, 1996; Pugachenkova G. A., Muzey pod otkroʻtoʻm nebom, Termiz, 1996; Roʻziyev A. N., Surxondaryo viloyati T., 1996; Mirzayev J., Termiz tarixi, Termiz, 2001.

Xolli Qurbonov, Ismoil Botirov.


Lotin alifbosida maqola: TERMIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SURXONDARYO VILOYATI
XITOY
TOSHKENT VILOYATI
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты