UNDOV BELGISI

UNDOV BELGISI — gap oxirida qoʻllanadigan, ikki elementli tinish belgisi (!). Yozma nutqda, ayniqsa, badiiy asarlarda turli tuygʻular, holatlar, har xil emotsionalliklarni ifodalashda Undov belgisining roli katta. Undov belgisi6., asosan, undov va buyruq gaplar oxiriga qoʻyiladi. Bunda u muayyan gapning emotsional yoki qatʼiy buyruq maʼnosiga ega ekanligini, tugallanganligini, boshqa gaplardan chegaralanish nuqtasini koʻrsatadi. Undov belgisi oʻzbek tiliga rus tili orkali kirib kelgan. U oʻzbek yozuvida 20-a. ning boshidan — dastlab «Turkiston viloyatining gazeti»da 1901-y. dan, keyinchalik boshqa bosma asarlarda muntazam qoʻllana boshlagan.

Hoz. oʻzbek adabiy tilida Undov belgisi6., asosan quyidagi hollarda qullanadi:

1) undov gaplar oxirida (Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday falokat, bu qanday mudhish motam! — Oybek);

2) buyruq, tilak, orzu maʼnolarini ifodalagan gaplar oxirida (Onangni qoʻlingda tutsang, singlingni boshingda tut! — Oybek; Fido bulsin senga jontanim, onam!); 3) gap boshida kelib, kuchli hisʼhayajon ifodalagan undalmalardan, undovlardan hamda xa va yuq suzlaridan keyin (Jamila! Bas, tur oʻrningdan! — Hamza; Yoʻq, yoʻq! Bu ogʻir ishni boʻynimga ololmayman). Undov belgisining qoʻllanishida yana bir qancha xususiy holatlar ham uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: UNDOV BELGISI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TINISH BELGILARI
TOSHKENT
QOʻSHMA GAP
ROSSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты