UNDOVLAR

UNDOVLAR — hisʼhayajon, buyruqxitob, haydash, chaqirish kabi maʼnolarni bildiruvchi, ran boʻlaklari b-n grammatik bogʻlanmaydigan soʻzlar turkumi va shu turkumga oid muayyan soʻzlar. Undovlar asosiy xususiyatlariga koʻra 2 turga boʻlinadi: emotsional (hissiy) Undovlar va buyruqxitob (imperativ) U.

Emotsional Undovlar kishilarning histuygʻusi, ruhiy holatini bildiruvchi Undovlar boʻlib, ular maʼno jihatidan rang-barangdir. Ijobiy emotsional Undovlar matn va ohang bilan bogʻliq ravishda:

1) shafqat, mehribonlik (iye, o, eh);

2) sevinch, zavqlanish, havas (voy, ho, oʻhhoʻ); 3) qoyil qolish, rohatlanish (hayhay, voy, o);

4) mamnuniyat, faxrlanish, xayrixohlik (eha, eh, ehe, oʻhhoʻ, haya, oʻ); 5) undash, ogohlantirish, tasdiq (hayhay, ha) maʼnolarini bildiradi. Salbiy histuygʻularni ifodalovchi Undovlar esa:

1) eʼtiroz, norozilik, shikoyat, zorlanish (qa, ho, voyey, voy, oh, uh, obbo);

2) jirkanish, nafrat, gʻazab, jahl (e, eh, voy, he, ha);

3) achinish, afsuslanish (he, eh, oh);

4) kinoya, kesatiq, piching, koyish (obbo, oha, oʻhhoʻ, hoo, hayhay, hoyhoy); 5) tanbeh, ogohlantirish, kutilmaganlik (e, hayhay, iya);

6) gʻumgʻussa, qaygʻuoʻkinch (eha, oh, eh, voyey, eh);

7) choʻchish, vahima, dahshat (voyey, oh, o, voydod);

8) ajablanish, hayratlanish, ranjish (i, ee, baybaybay, he) kabi maʼnolarni bildiradi.

Tilda rasmodatlar bilan bogʻliq Undovlar ham mavjud boʻlib, ular umumiy holahvol soʻrashish, salomlashish, xayrlashish, ragʻbatlantirish, tashakkur, minnatdorchilik kabi maʼnolarni ifodalaydi. Maye: esonmisiz, omonmisiz, xrrmang, bor boʻling; assalomu alaykum, assalom, salom, xayr, xoʻsh, xoʻp; balli, barakalla, ofarin, qoyil, rahmat, tashakKUR, Qulluq, marhamat va sh. k.

Buyruqxitob (imperativ) Undovlar kishilarga nisbatan ularning diqqatini tortish, ogoxlantirish yoki jonivorlarni biror ishni bajarish yoki bajarmaslikka undash kabi maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: odamlarga qaratilgan Undovlarning ayrimlari (hoy, hey, ey, allo) kishilar diqqatini soʻzlovchiga kdratish uchun, boshqalari esa (tss, qani, jim, tek) taʼkid, buyurish maʼnolarini ifodalash maqsadida qoʻllanadi; hayvon va jonivorlarga qaratilgan Undovlar ularni toʻxtatish, chaqirish, haydash, tinchitish, biror ishni bajarishga undash maqsadlarida qoʻllanadi (behbeh, pishpish, tutu, kuchkuch, mahmah; dirr, xoʻsh, taq, ish; chu, pisht, kisht, xix, kishkish va sh. k.).

Oʻzbek tilida emotsional Undovlar tarkibiga ham, buyruqxitob Undovlar tarkibiga ham kiritib boʻlmaydigan alohida Undovlar guruhi ham mavjud. Koʻrsatish (hu, huv, hovv), javob, taʼkidni (hahaha, ha, xoʻshxoʻsh, a, labbay) bildiruvchi Undovlar shu jumladandir.

Ad.: U s mo nov S, Undovlar, T., 1953; Oʻzbek tili grammatikasi, 2j. li, 1j. T., 1975; Hoz. oʻzbek adabiy tili, l-qism, T., 1980,


Lotin alifbosida maqola: UNDOVLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Basshunter - Saturday
GRAMMATIKA
FEʼL
Mansurxon Nurmatov - Voy-voy
Hosila Rahimova - Hay-haya


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты