TERMIZ-SHIBIRGʻON-HIROT AVTOMOBIL YOʻLI

TERMIZ-SHIBIRGʻON-HIROT AVTOMOBIL YOʻLI — Oʻzbekistonni Afgʻonistonning Hirot sh. bilan bogʻlaydigan qattiq qoplamali yoʻl. Taxminan mil. av. 5-a. lardan karvon yoʻli tarzida paydo boʻlgan. Hoz. davrda xalqaro magistral yoʻllar tizimida A—76 tituli berilgan. Yoʻlning Termizdan Hirotgacha umumiy uz. 854 km. Oʻz yoʻnalishida Mozori Sharif, Balx, Temurok, Oqcha aholi punktlari orqali Shibirgʻon sh. ga, undan Andxoy, Maymana, Bolamurgʻob, Qalʼai Nov aholi punktlari orqali Hirot sh. ga boradi. Yoʻl qatnov qismining kengligi 8—10 m ni tashkil qiladi. Yoʻlning Termizdan Mozori Sharif, Shibirgʻongacha boʻlgan qismi tekislik va choʻl zonasi boʻylab, Andxoygacha qum barxanliklari oralab, Andxoydan Qalʼai Novgacha togʻ oldi va togʻliklardan oʻtib, Hirotgacha tekisliklardan oʻtgan.

Hirotdan T. Sh. H. a. y. ning davomi boʻlgan Karochi, Choxbahr, Bandar Abbos dengiz portlariga eltuvchi avtomobil yoʻllari boshlanadi. Hirotdan Karochigacha boʻlgan qismi qattiq qoplamali, uz. 1485 km. Hirotdan Bandar Abbos dengaz portigacha boʻlgan yoʻl (uz. 1858 km), Hirotdan Choxbahr dengiz portigacha boʻlgan yoʻl ham qattiq qoplamalidir (1740 km ni tashkil qiladi). Soʻntti oʻtgan chorak asr davomida Afgonistondagi urushlar oqibatida ushbu yoʻlning ayrim kismlari, jumladan Shibirgondan Hirotgacha qismi taʼmir talab boʻlib qolgan.

Portlarga keltiriladigan barcha xalqaro va mahalliy yuklar shu yoʻllar orqali tashiladi.

Tohirjon Mirzayev.


Lotin alifbosida maqola: TERMIZ-SHIBIRGʻON-HIROT AVTOMOBIL YOʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YER
SURXONDARYO VILOYATI
AVTOMOBIL YOʻLI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты