UNITAR DAVLAT

UNITAR DAVLAT — davlat tuzilishi shakli; bunda davlat hududi tarkibida, federatsiyadan farkli ravishda, federativ birliklar (shtatlar, yerlar) bulmaydi, balki u maʼmuriyxududiy birliklar (tumanlar, viloyatlar, kantonlar va x. k.)ga boʻlingan boʻladi. Mazkur mustaqil qismlar davlat suvereniteta alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi hamda yagona qonunchilik (Konstitutsiya, fuqarolik, oliy davlat xrkimiyati) buladi. Barcha Unitar davlat larga xos bulgan markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada namoyon bulishi mumkin. Baʼzi mamlakatlarda mahalliy organlar umuman boʻlmaydi va maʼmuriyhududiy boʻlinmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Boshqa davlatlarda mahalliy organlar tashkil etiladiyu, lekin ular (bevosita yoki bilvosita) markaziy hokimiyat nazorati ostida buladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, Unitar davlatlar markazlashgan va markazlashmaganga bulinadi. Markazlashgan Unitar davlatda mahalliy organlarning markazga buysunishi markazdan tayinlanadigan mansabdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Markazlashmagan Unitar davlatda mahalliy organlar markaziy organlardan mustaqil ravishda shakllantiriladi, shuning uchun ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar markazlashmagan asoslarda oʻrnatiladi. Unitar davlat tarkibida davlat belgilari mavjud milliyhududiy tuzilmalar ham boʻlishi mumkin, mas, muxtor viloyat, muxtor respublika. Oʻzbekiston — U. d. Uning tarkibida davlat tuzilishiga xos belgilari mavjud bulgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi bor.


Lotin alifbosida maqola: UNITAR DAVLAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
YER
XITOY
FRANSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты