TERMIZSHOHLAR SAROYI

TERMIZSHOHLAR SAROYI — Termiz hukmdorlarining qarorgohi. 11 — 12-a. meʼmorligining diqqatga sazovor namunalaridan. 1926—28, 1936 — 37 y. larda qazib oʻrganilgan. Saroy majmuasi katta hududni ishgʻol etib, toʻgʻri toʻrtburchak tarhsa qurilgan. Saroyning bosh tarzida peshtoq boʻlib, keng hovli oʻrtasida hovuz (8,5×8,5 m, unga sopol quvurlardan suv keltirilgan), mehmonxona (katta zal va daxlizli), zal oldida 4 ta murabba ustunli ayvon bor. Qazish paytida ganch panjara, rangdor oyna, ganchga boʻyab ishlangan tasvir qoldiklari topilgan. Saroy bir necha marta taʼmir etilgan. 12-a. da zal interyeri ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, devorlarga afsonaviy maxluklarning tasvirlari ishlangan. 1220-y. da Termizni Chingizxon qoʻshinlari qamal qilgan, qattiq qarshilik koʻrsatilgani uchun saroy boshqa koʻpgina binolar qatori vayron qilingan, xarobalar saqlanmagan.


Lotin alifbosida maqola: TERMIZSHOHLAR SAROYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
MOʻGʻULLAR ISTILOSI
GANCH OʻYMAKORLIGI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты