UNSET

UNSET (Undset) Sigrid (1882.20.5, Kalunborg, Daniya — 1949.10.6, Lillexammer, Norvegiya) — Norvegiya adibasi. Dastlabki asari — «Baxtli devor» (1906, hikoyalar toʻplami). «VigaLyot va Vigtis» (1909) romani tarixiy motivlarga taqlidan yozilgan. «Yenni» romani yosh ayolning oʻzidan katta erkak va uning oʻgʻliga boʻlgan fojiali muhabbati haqida. Bu avtobiografik roman U. ning muvaffaqiyatli chiqqan ilk asari hisoblanadi.

1912—20 y. larda Unset hikoyalar toʻplami va «Bahor» romanini, «Koʻzgudagi aks» qissalar toʻplamini nashr ettirgan. Romanda nikoxdagi kelishuvchilik zinodan koʻra koʻproq baxtsizlik keltiradi, degan fikrni ilgari surgan. Tarixiy mavzudagi «Lavrans qizi Kristin» («Toj», 1920; «Beka», 1922; «Xoch», 1922) trilogiyasida 14-a. da Norvegiyada kechgan voqealar aks etgan. Asarda boy yer egasining magʻrur va goʻzal qizi oʻziga nomunosib odamga turmushga chiqqach, muhtojliklar va baxtsizliklarga duchor boʻlib, oxiri oʻlat kasalligidan vafot etadi. Unsetning tarixiy mavzudagi «Eudun oʻgʻli Olaf» (1—4j., 1925 — 27) romani Olaf haqidagi saga asosida yozilgan. Nobel mukofoti laureati (1928).


Lotin alifbosida maqola: UNSET haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
DANIYA
ALISHER NAVOIY
FRANSIYA
NORVEGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты