UOTSON Jeyms Dyun

UOTSON Jeyms Dyun (1928.6.4, Chikago, AQSH) — amerakalik biokimyogar. Molekulyar biol. ning asoschilaridan. AQSH Fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1957). Chikago un-tini tugatgan (1947). Indiana, Kopengagen (195051), Kembrij (195153, 1955—56) untlarida, Kaliforniya texnologiya in-tida (1953— 55), Garvard un-tida (1956-y. dan) ishlagan. AQSH prezidentining fan boʻyicha maslahatchisi (1962-y. dan), NyuYork shtatidagi KoldSpringArbore lab. direktori (1968-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biol. ga oid. F. Krik bilan hamkorlikda DNK (q. Dezoksiribonuklej kislota) molekulasining kush spiralli modelini ishlab chiqqan. Bakteriyalar ribosomalari va ularning oqsil biosintezidagi ahamiyatini oʻrgangan. Viruslar strukturasini oʻrganishga katta hissa qoʻshgan. Nobel mukofoti laureati (1962 , F. Krik va M. Uilkinson b-n hamkorliqsa).


Lotin alifbosida maqola: UOTSON Jeyms Dyun haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
VIRUSLAR
MOLEKULYAR BIOLOGIYA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты